"Real" PSJ Mbappe uchun 150 mln evro talab qilishiga ishonchi komil. "Madrid" bunday pulni to'lashga tayyor emas

Alisher
19 yanv 2021, 11:08
"Real" PSJ hujumchisi Kilian Mbappeni xarid qilish qiyin deb hisoblaydi.

Madrid klubi parijliklar futbolchi uchun 150 mln evro atrofida talab qiladi deb hisoblamoqda. "Real" esa bunday talabni qondira olmaydi.

"Qirollik klubi"ning fransiyalik futbolchiga qiziqishi anchadan beri ma'lum. O'yinchining PSJ bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Futbolchi joriy mavsum Liga 1 doirasidagi 16ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol va 5ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/elchiringuitotv