

Madridliklar forvardi Ispaniya chempionatida o'tkazilgan 31 ta o'yinda atigi oltita himoyaviy harakatni (o'rtacha 90 daqiqada 0,2 dan kam) amalga oshirgan.
Ushbu natija bilan Mbappe "La Liga"dagi 344 nafar futbolchi ichida oxirgi o'rinni egalladi.
Vinisius Junior 336-o'rinni band etdi (o'rtacha 90 daqiqada bitta himoyaviy harakat).
"FotMob" himoyaviy harakatlar sirasiga to'pni olib qo'yish, maydon tashqarisiga chiqarib yuborish, zarbalarni bloklash va to'pni ilib olishni kiritadi.
Takidlash joizki, Mbappe o'tgan mavsumda 25 ta gol bilan ikkinchi bor ketma-ket "La Liga"ning eng yaxshi to'purariga aylangan. Shuningdek, futbolchi avvalroq "WhoScored" talqini bo'yicha Chempionlar ligasi ramziy terma jamoasiga kiritilgan edi.



