

Bahs oxiri juda ko'p munozaralarga boy bo'ldi. 90+5-daqiqada 2:2 hisobi kuzatilib turgan paytda "Yuventus" hujumchisi Arkadiush Milik gol urdi - 3:2. Shundan keyin barchasi boshlandi. Polshalik futbolchi jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qolgani uchun golni futbolkasini echib nishonladi va 83-daqiqada ogohlantirilgan Milich o'z-o'zidan maydondan chetlatildi. Futbolchi bundan u qadar xafa bo'lmadi, sababi jamoasiga g'alaba keltirmoqda... Ammo o'rtaga VAR chiqdi. Bosh hakam VAR'ni ko'rdi va Milik gol urayotganida o'yindan tashqari holatda turgan Bonuchchi to'pga intilgani uchun ofsayd deb topdi va golni bekor qildi - 2:2.
Milikning qizil kartochkasi esa...bekor qilinmadi. Sababi futbolning amaldagi qoidalariga ko'ra, bunday holatda kartochkalar bekor bo'lmaydi. Shunday ekan, hujumchilarga maslahat - faqat VAR'dan keyin futbolkani echinglar)

Narzulla Saydullaev



