Gvardiola: "Manchester Siti" Gyundogan bilan shartnomani uzaytirmoqchi"

Aslanov Jasurbek
2 mar 2019, 18:14
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning so'zlariga ko'ra, "shaharliklar" jamoa yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan bilan kelishuvni uzaytirmoqchi.

"Ilkay ilk mavsumini og'ir jarohat tufayli o'tkazib yubordi. Ammo hozir u "Siti"ning muhim futbolchisi. U bilan hoziroq yangi shartnoma tuzishga tayyormiz. Agar Ilkay buni istamasa, hech narsa qila olmaymiz" - deydi Gvardiola.

Gyundogan 2016 yil Dortmundning "Borussiya"sidan "Manchester Siti"ga o'tgan edi. Joriy mavsum V APLning 22ta uchrashuvida maydonga tushib, 5ta gol urdi va 2ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal.com