Gvardiola derbida jamoaning asosiy futbolchisi qatnashmasligini ma'lum qildi

Mirjalol Normatov
25 noya 2019, 19:11
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola YCHL doirasida "Shaxtyor"ga qarshi o'yindan oldingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Agueroning boldirida muammosi bor. U bir necha o'yinlarni o'tkazib yuboradi. Qanchaligini ayta olmayman, biroq u derbida o'ynamaydi.

Afsuski, Zinchenko ham jarohatlangan. U jamoamizda deyarli barcha poziciyalarida o'ynay oladigan ajoyib futbolchilardan biri", - dedi Gvardiola.

YCHLning 5-turi doirasida "Siti" 26 noyabr kuni "Shaxtyor"ga qarshi bahs olib boradi. MYU bilan uchrashuv esa 7 dekabr kuni o'tkazilishi rejalashtirilgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: mancity.com