Galte Neymar haqida: "Men uni har doim dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri deb bilganman"

Sherzod Nurmatov
12 sen 2022, 13:48
PSJ bosh murabbiyi Kristof Galte hujumchi Neymarni maqtadi.

"Men uni har doim sayyoramizning eng yaxshi futbolchilaridan biri deb bilganman. Mavjud ma'lumotlarga asoslanib, uning natijalarda qanchalik hissa qo'shayotganini yanada aniqroq ko'rib boraman. Bu mashg'ulotdan oldin, mashg'ulot paytida va undan keyin sodir bo'ladi.

Neymar mashg'ulotlar jarayonida o'zi va jamoasi uchun borini beradi. U haqiqiy professional va ajoyib futbolchi. Men har kuni uning yangi qirralarini kashf qilishdan zavqlanaman", – dedi Galte.

Braziliyalik futbolchi joriy mavsum PSJ safida barcha turnirlar doirasida 9ta  o'yinda 10 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com