“Barselona” hujumchisi Munir tug'ilgan kunida janjalga yo'liqdi

12 sen 2018, 08:58
“Barselona” hujumchisi Munir el-Haddodiy o'zining 23 yoshini nishonlashda janjal ishtirokchisiga aylandi.

Futbolchi tavallud kunini Madriddagi tungi klublarda birida nishonladi. Tadbir so'ngida unga 16 ming evro hisob keladi. Munir esa buni to'lashdan bosh tortadi. Sababi u taomlarning narxlarini oshirib yuborishgan deb hisoblagan. Klub rahbarlari esa policiyani chaqirishga majbur bo'ladi. Oqibatda baribir Munir pulni to'lagan. Biroq bir qancha kamroq mablag' to'lagani aytilmoqda.

Ma'lumot uchun Munir o'tgan mavsumda “Alaves”da ijara asosida to'p surgandi. U La Liganing 33 ta o'yinida 10 ta gol urishning uddasidan chiqqandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Cadena SER