Alaba "Real"ga yozda o'tadi. 4 yillik shartnoma bo'yicha kelishuvga erishildi, maosh - 11 mln evro atrofida

Alisher
19 yanv 2021, 09:00
"Bavariya" himoyachisi David Alaba mavsum so'nggida "Real"ga o'tadi.

Madrid klubi 28 yoshli futbolchining shartnomasi borasida kelishuvga erishdi. Avstriyalik futbolchi 30 iyunda erkin agentga aylanadi, shu sabab u "Real"ga tekinga tushadi.

Alaba "Real" bilan 4 yillik shartnoma imzolaydi va yiliga 11 million evro atrofida maosh oladi.

"Real" 1 yanvardan so'ng darhol futbolchi bilan bitim tafsilotlarini muhokama qila boshladi va shuningdek "qaymoqranglilar" tibbiy xodimlari ishtirokida tibbiy ko'rikdan o'tdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca