"Bavariya" Araujuga qiziqish bildirmoqda

6 iyun 2026, 13:34
"Bavariya" “Benfika” himoyachisi Tomash Araujuga qiziqish bildirmoqda.

24 yoshli portugaliyalik futbolchi bilan shartnoma 2029 yilgacha amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 30 million evroga baholamoqda.

Arauju 2025/26 yilgi mavsumda barcha musobaqalarda 39 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Himoyachi 2024 yilda Portugaliya terma jamoasida debyut qilgan. Biroq u bor-yo'g'i 3 ta o'yinda maydonga tushdi. Arauju Portugaliya terma jamoasining 2026 yilgi jahon chempionati uchun qaydnomasiga kiritilgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: x.com/Plettigoal