So’nggi yangiliklar

09:10Миллатлар лигаси. Португалия - Хорватия, Роналду терма жамоа сафидаги 131-голини урди  0 08:58Дахшатли нархлар. "Барселона" мухлисларга футболкаларни тарихдаги энг қиммат нархларда сотмоқда   1 08:30ЖЧ саралаши. Аргентина - Чили, Аргентина ўз уйида йирик ғалаба қозонди, Ди Мариа терма жамоа билан хайрлашди  3 08:26Машариповнинг голи, Юсуповнинг қаҳрамонлиги. Ўзбекистон - КХДР учрашувидан ГАЛEРEЯ  0 07:59Роналду: "Португалиянинг Евро-2016даги ғалабаси жаҳон чемпионатидаги ғалабага тенг"  10 07:28Миллат қаҳрамонлари! ФИФАнинг энг кучсиз жамоаси тарихида илк бор расмий учрашувида ғалаба қозонди  6 01:47Миллатлар лигаси. Роналду 900-голини урган ўйинда Португалиядан ғалаба ва бошқа натижалар  6 01:10Сенсация! Манчинининг Саудияси Индонезияни мағлуб қила олмади  6 00:55Жалолиддин Машарипов: "Ўйинимиздан кўнглим тўлмади, бундан яхшироқ ўйнай оламиз"  4 00:36Бу даҳшат! Роналду фаолиятидаги 900-голини урди  11 00:22Ўзбекистон термасида Сречко Катанец қўл остида илк марта шундай ҳолат кузатилди  11 00:05Шерзод Насруллаев: "Майдоннинг ҳолати яхши эмаслиги бугунги ўйинга таъсир қилди"  18 23:40Элдор Шомуродов: "Ҳар бир учрашувда фақатгина уч очко учун ўйнаймиз"  9 23:22ЖЧ саралаши. Эрондан кичик ғалаба, БАА Қатарда камбек амалга оширди  21 22:59Миллатлар лигаси старт олмоқда! Португалия - Хорватия ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари билан танишинг  4

“Yangier” va “Dinamo”ning Osiyodagi parvozi yodingizdami? Yangiliklar

“Yangier” va “Dinamo”ning Osiyodagi parvozi yodingizdami?

Teglar :  DinamoYangier
Hozir aksariyat ishqibozlar “Yangier” jamoasi haqida ko'p tasavvurga ega bo'lmasligi mumkin, ammo bir paytlar bu erda juda yaxshi jamoa shakllantirilgandi.

O'z vaqtida klub Osiyo Kubok egalari Kubogida ham ishtirok etgan. SHuningdek, quyi ligaga tushib ketgan “Dinamo” ham ushbu musobaqada qatnashgan. Tarixiy voqealarga nazar tashlash asnosida bu jamoalarning o'sha uchrashuvlarini yodga olib o'tamiz.

“Yangier” bir necha o'n yillar muqaddam yurtimizda infratuzilmasi va sharoitlari eng yaxshi rivojlangan klublaridan biri sifatida etirof etilgan. Oliy ligaga asos solingan dastlabki yillarda ular kuchlilarga jiddiy qarshilik ko'rsatadigan o'rtamiyona klublardan biri sanalgan. 1994 yil “Yangier” O'zbekiston Kubogida finalgaetib borib, hal qiluvchi uchrashuvda “Neftchi”ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy bergan. Farg'onaliklar chempionatda ham zafar quchishgani sababli Kubok egalari Kubogida ishtirok etish vazifasi aynan “Yangier”ga yuklangan.

Birinchi raundda yangierliklar Turkmanistonning “Turon” jamoasi bilan to'qnash kelishgan. Sirdaryo viloyatidagi ilk xalqaro o'yin 7 sentyabr kuni bo'lib o'tgan. O'sha kuni “Yangier” ishqibozlarga quvonch ulashib, raqibni 3:0 hisobida dog'da qoldirgan. Baxtiyor Davlatovning ikki goli va Timofey SHabanovning bir aniq zarbasi jamoaga Osiyo sahnasidagi birinchi g'alabani taqdim etgan. Javob bahsi Toshhovuzda o'tkazilib, unda 1:1 hisobi qayd etilgan. Golga SHuhrat Yarashev mualliflik qilgan.

Ikkinchi bosqichda Vitaliy Ivanov shogirdlari Iroqning “Al Talaba” jamoasi bilan kuch sinashishgan. O'sha paytlarda “Talaba” Osiyoda ham o'z o'rniga ega klublardan biri hisoblanardi. “Yangier”ni Osiyo miqyosida deyarli hech kim bilmasdi. SHunga qaramay, jamoamiz o'z maydonida ajoyib o'yin namoyish qilib, 2:1 hisobida g'alaba qozongan. Hozir bunday holatni tasavvur qilish qiyin bo'lsa kerak. Yani, oliy liganing o'rtamiyona klublardan birining Osiyo klublar musobaqalarida ishtirok etib, o'z maydonida kuchli raqibni taslim etishini. Kornichenko va Nurmatov ikki to'p kiritgandan keyin iroqliklarga bunga javob qaytarishgan. 3 noyabr kuni Bag'dodda o'tgan o'yinda mezbonlar 2:0 hisobida muvaffaqiyatga erishib, “Yangier”ni musobaqadan chiqarib yuborgan. Mag'lubiyatga qaramay, sirdaryoliklarning o'yini barchada iliq taassurot qoldirgan. O'sha yillari Yangierda juda yaxshi, kurashchan jamoa shakllantirilgandi. Galimov, Abdiev, Oripov, Berdiev, Davlatov, Nurmatov, SHabanov va Kornichenko kabi futbolchilar jamoa etakchilari sanalardi. 

O'sha mavsumda “Yangier” safida quyidagi futbolchilar maydonga tushirilgan:

Xayrullo Abdiev, Rustam Oripov, Albert Bagautdinov, Ro'ziqul Berdiev, Marat Galimov, Vadim Grishin, Baxtiyor Davlatov, Aleksey Kornichenko, No'mon Nurmatov, Igor Savelichev, Aleksandr Sazanov, Furqat Samadov, Vladislav Sidorov, Stanislav Tarasenko, Ravil Xaybulin, Pavel Xarin, Timofey SHabanov, SHuhrat Yarashev.

Qaysidir manoda katta shov-shuv ko'tarib, oddiy shahar jamoasining Osiyo Kubok egalari Kubogida qatnashishiga hissa qo'shgan o'yinchilar shular bo'lgan. Afsuski, hozir shunday tarixga ega jamoa birinchi ligada ham faoliyat ko'rsatmayapti.

Samarqandliklar 1999 va 2000 yillarda juda kuchli tarkibni hosil qilishgan. Buni muxlislar yaxshi eslashsa kerak. “Dinamo”ning xalqaro arenaga chiqqanini “Yangier”nikichalik kutilmagan deb aytish qiyin, lekin bu jamoa tarixida katta o'rin tutadi.

“Dinamo” O'zbekiston Kubogida 2000 yil finalda “Do'stlik”ka qarshi maydonga tushib, finalda 1:4 hisobida engilgan. Toshkent viloyati jamoasi oliy ligada ham g'oliblikni qo'lga kiritgandi. SHu sababli ikkinchi musobaqada samarqandliklar ishtirok etishgan. Jamoa tarkibi juda kuchaytirilgani bois sovrinli o'rinlar uchun kurashish imkoniyati yuzaga kelgan. Yakunda jamoaga nimadir etishmagan. O'sha paytlar uy o'yinlariga bir necha o'n ming sonli ishqibozlar tashrif buyurgani klubga qiziqish qay darajada bo'lganini ko'rsatadi.

24 avgust kuni Bolqonobodda “Nebitchi” mehmoni bo'lgan “Dinamo” 3:4 hisobida imkoniyatni boy beradi. Gollarga Muhammadiev, Sarvar SHaripov va Gambarov mualliflik qilgan. Ushbu natija javob bahsi oldidan samarqandliklarning keyingi bosqichga chiqish imkonini ancha oshirib yuborgandi. 8 sentyabr kuni Samarqandda javob uchrashuvi bo'lib o'tgan. Dastlab kutilmaganda mehmonlar hisobni ochishadi. Keyin Abdurahmonov va Bozorov vaziyatni vakillarimiz tarafiga og'dirishgan. Biroq mehmonlar keyinroq 2 to'p kiritib, javob bellashuvida ham zafar quchishadi - 3:2. O'shanda bu natija ancha kutilmagan sifatida etirof etilgandi. CHunki “Dinamo” tarkibi va imkoniyatlari ancha yuqori baholangandi. O'sha o'yin Samarqand futboli tarixida klublar miqyosida o'tkazilgan yagona xalqaro uchrashuv bo'lib qolmoqda.

“Dinamo” sharafini 2000 yilda himoya qilgan futbolchilar bilan tanishing:
Umid Abdurahmonov,Ravshan Bozorov, Ilhom Boyjigitov, German Bezdenejnix, Grigoriy Bogdanov, Andrey Vasinyov, Yuriy Vintovkin, Elshan Gambarov, Denis Gladkov, SHuhrat Jabborov, Andrey Zaxarov, Igor Mixaylov, Muhsin Muhammadiev, Nurali Nurullaev, Temur Oblaqulov, Ilya Romas, Kirill Savelev, Marat Sayfiev, Olim Tillaev, Mahmud To'raxo'jaev, Oybek Usmonxo'jaev, Davron Fayziev, Mixail Fomin, Rahmatillo Fuzaylov, Denis Xalqulov, Rinat Hafizov, Ilhom SHaripov, Sarvar SHaripov, SHerzod SHaripov, Oleg SHackix, SHuhrat Yarashev.

“Yangier” va “Dinamo”ning bir vaqtlar oliy ligada barchalarga jiddiy raqobat tug'dirib, Osiyo musobaqalarida ishtirok etishganini yaxshi niyatlar bilan eslab o'tdik. Bu jamoalarning yana o'zlarini o'nglashlari ko'plab ishqibozlarni xursand qilgan bo'lardi.


Behzod NAZAROV

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика