So’nggi yangiliklar

14:11Кьеза "Ювентус" қайдномасига киритилмади  0 13:46"Ал Иттиҳод" Эдерсон ўрнига 11 млн. евро эвазига бошқа дарвозабон сотиб олади  0 13:35"Вест Хэм" "Барселона" қизиққан Гидо Родригесни текинга ўз сафига қўшиб олади  0 12:36"Андижон" 17 та ўйиндан буён ОКМКни мағлуб эта олмаяпти  3 12:19Отаменди: "Францияликлар ғалабани бизнинг оиламиз вакиллари олдида нишонлашди. Нишонлагинг келса, олдимга кел, ҳал қиламиз"  10 12:01 "Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонларимиз - Алиев Диёрбек ва Маматов Муҳаммадамин  0 11:40"Қизилқум" - "Бунёдкор" ўйинидан кейинги қизиқарли фактлар  1 10:56Ди Мария таҳдидлар туфайли ватанига қайтмайди  1 10:27ПСЖ «Ман Сити»га расмий таклиф юборди  1 10:01«Ньюкасл» 60 миллион фунтга ҳимоячи сотиб олади  2 09:32Дамир Темиров: «Андижон» варианти пайдо бўлганида хурсандчилик билан таклифни қабул қилдим»  3 09:00Про лига. Бугун иккинчи давра баҳсларига старт берилади  0 08:31«Барселона» футболчисини «Жирона»га ижарага берди  0 08:02Суперлига. Бугун 14-турнинг марказий учрашуви Андижонда бўлиб ўтади  9 07:00Бугун Париж Олимпиадасида қайси спортчиларимиз иштирок этишади? (рўйхат)  7

Taniqli jurnalist Hasanali ota “Lokomotiv” futbolchilari bilan uchrashdi Yangiliklar

Taniqli jurnalist Hasanali ota “Lokomotiv” futbolchilari bilan uchrashdi

O'zlarini nihoyatda kamtar olib men ko'proq muxlisman deydigan taniqli futbol jurnalisti Hasanali ota kuni kecha “Lokomotiv” futbolchilari uchrashdi.
Hasanali otani aksariyat ishqibozlar juda yaxshi tanishadi. U kishining tahliliy maqolalarini ko'pchilik o'qigan, biroq ayrimlar tushunmasligini ochiqchasiga bayon qilishadi.

Hasanali ota “Lokomotiv” futbol klubiga befarq emas, u kishi “temiryo'lchilar”ning uy uchrashuvlarini qoldirmay muntazam kuzatib boradi. SHuningdek, jamoamiz bosh murabbiyi Vadim Abramovning ishini diqqat bilan o'rganadi va tahlil qiladi. Hasanali ota klub qarorgohiga tashrif buyurishdan oldin Vadim Karlenovich bilan bog'lanib, jamoa futbolchilari bilan uchrashish niyati borligini malum qildi. Abramov esa bunga xo'p dedi va uchrashuv tashkil etib berdi.

Faxriy ishqiboz va futbolchilar o'rtasidagi uchrashuv “Lokomotiv” nazariy mashg'ulotlarni o'tkazadigan xonada bo'lib o'tdi. Hasanali ota jamoa qayd etayotgan natijalardan xursand ekanligini, biroq ayrim o'yinlardagi xatti-harakatlardan ko'ngli to'lmayotganini aytib o'tdi. “Barchangizni o'z o'g'lim, nevaramdek ko'raman, – dedi Hasanali ota. – Sizlar yaxshi o'ynanglar deb biz muxlislik qilamiz, tahliliy maqolalar yozamiz. Futbolchi to'pdan qo'rqmay o'ynashi kerak. Bu gap ayniqsa himoyachilarga tegishli. To'p kelayotganda hech qachon unga orqa o'girmang, to'pni gavda bilan tik turib qarshi olish kerak”.

“Qanot yarim himoyachilarga aytadigan gapim: relsga tushib olgandek doim bir chiziqda borib kelaverish emas, markazga yorib kirishni ham o'rganish kerak. SHundagina o'yinda rang-baranglik yuzaga keladi, hujumkorlik ortadi. Markaziy yarim himoyachilar bazan aktiv hujumdan chetda qolib ketishyapti. Hujumni boshlab berishyapti-yu, keyin chetga chiqishmoqda. Yo'q, chetga chiqish kerak emas, hujum oxirigacha faol bo'lish kerak”, – deya kuyunib gapirdi Hasanali ota.

“Keyin menga bir narsa yoqmaydi. Bilamizki, “Lokomotiv”da ikki nafar Jasur Hasanov bor. Jurnalistlar ularni katta va kichik Jasur Hasanov deb yozishadi. Sizlarga aytsam, katta va kichik degan so'z ko'proq Evropada ota-bolaga nisbatan ishlatiladi. Masalan, katta Jorj Bush, kichik Jorj Bush. Bizda esa bunday pallada otasining ismini qo'shib chaqirgan maqul. Masalan, men o'z maqolalarimda katta Jasur Hasanovni Jasurqul deb yozaman. CHunki otasining ismi Orziqul va o'ylaymanki, Jasurqul desam u xafa bo'lmaydi. Kichik Jasur Hasanovni esa Jasurmurod deyman, axir otasining ismi Jumamurod-da. Jasurmurod desam u ham ko'ngliga olmasa kerak”. (Zalda kulgu ko'tarildi).

“Umuman olganda o'g'illarim, bolalarim, Sizlarning hammangizni hurmat qilaman. Lekin sizlar yanada yaxshi o'ynay olasizlar. Oliy ligada chempion bo'lish va Kubokni qo'lga kiritish bajarib bo'lmaydigan ish emas. Bu vazifalarni bemalol hal etsa bo'ladi. Negaki hozirgi futbolimizning darajasi juda yuqori emas. Bosh murabbiydan iltimos qilardimki, yigitlarning potencialidan to'g'ri foydalansa. O'zbek futbolida hujumchilar tanqisligi yuz berayotgan bir paytda Ivan Nagaevning faqat o'rinbosarlar tarkibida o'ynashi-yu, Bikmaevning zaxirada qolib ketayotgani achinarli holat. Albatta, men bosh murabbiyning ishiga aralasha olmayman, lekin hujumchilar maydonga tushib o'zlarini ko'rsatsin deyman. Sizlardan iltimos, mening gaplarimni jurnalist sifatida emas, bir kuyunchak keksa ishqibozning gapi deb qabul qlinglar. CHunki men jurnalistdan ko'ra ko'proq oddiy muxlisman, 60 yildan beri o'zbek futboliga muxlislik qilib kelayotgan shunchaki ishqibozman”, – deya o'z gapini yakunladi Hasanali ota.

SHu o'rinda “Lokomotiv” o'yinlariga befarq bo'lmay, azbaroyi jon koyitganidan shuncha yo'l bosib TTZdagi klub qarorgohiga kelgan Hasanali otaga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Hasanali ota doimo sog' bo'lib, uzoq umr ko'rsinlar, milliy terma jamoamizning jahon chempionatiga chiqqanini ko'rish nasib qilsin. O'zbek futboli uchun astoydil qayg'uradigan mana shunday odamlar ko'payaversin.

X.Xoliqov, “Lokomotiv” PFK matbuot kotibi.



Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика