Diyor Xolmatov golini nega Asensio uslubida nishonlagani hamda top-5 chempionatga yo'l olishi haqida gapirdi
23 iyu 2025 15:33
Yangiliklar
Diyor Xolmatov golini nega Asensio uslubida nishonlagani hamda top-5 chempionatga yo'l olishi haqida gapirdi
Superliganing 13-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Qo'qon-1912" (2:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar yarim himoyachisi Diyor Xolmatov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- Bugungi golingizni Marko Asensio uslubida nishonladingiz. Ispaniyalik futbolchining o'yin uslubi sizga yoqadimi?
- Yo'q, urgan golimni nishonlash jarayonining Marko Asensioga aloqasi yo'q. Jarohat olgan paytim ko'pchilik meni yoddan chiqargandi, goldan keyingi ushbu harakat orqali o'zimni eslatib qo'ydim.
- Boshqa jamoalardan takliflar bormi?
- Ha, nasib etsa, Evropaga yo'l olaman. Qaysi jamoa ekanligi hozircha sir bo'laqolsin.
- TOP-10 chempionat ichidami?
- TOP-5 chempionatdagi jamoa bo'lishi mumkin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar