Majid Hasan: "Uzoq vaqtdan beri mag'lubiyatga uchramay kelayotgan O'zbekistonga qarshi ikki baravar kuch bilan maydonga tushishimiz lozim"
30 may 16:05
Yangiliklar


Majid Hasan: "Uzoq vaqtdan beri mag'lubiyatga uchramay kelayotgan O'zbekistonga qarshi ikki baravar kuch bilan maydonga tushishimiz lozim"
Birlashgan Arab Amirliklari yarim himoyachisi Majid Hasan jahon chempionati 3-saralash bosqichi doirasida O'zbekistonga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Bo'lajak o'yin eng muhimi hisoblanadi va biz uzoq vaqtdan beri mag'lubiyatga uchramay kelayotgan raqibga qarshi ikki baravar kuch-g'ayrat bilan maydonga tushishimiz lozim. Muxlislarni mamnun etish va ularga hayit sovg'asi sifatida g'alaba hadya qilish uchun diqqatimizni jamlashimiz va astoydil mehnat qilishimiz kerak", dedi 32 yoshli futbolchi.
Eslatib o'tamiz, BAA – O'zbekiston uchrashuvi 5 iyun kuni bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Тошкентда ютганди!!!1- голни футболчиларимиз урганди,охирида 2- 3 га ютказиб куйганди !!!Уша уйинни стадиондан курганман!!!70000 томошабин кирганди!!!Араблар жуда чайир ва эпчил уйинчилар!!! Узбекистон дурангга уйнаса натижа килиши мумкин!!!Галаба хакида уйламай факат дурангга уйнаса Араблар очилади,классда 1 гол урса булади!!!Ушандаям дуранг булса катта гап!!!Хакамлар очик ойдин БАА га ён босишади,хуллас Энг огир уйин саралашдаги!!!Узимни шахсий фикрим БАА - Узбекистон 1 - 0!!!