So’nggi yangiliklar

18:13"Арсенал" янги музокаралардан сўнг Гёкереш трансферига яқинлашди. Ҳужумчи "Спортинг"ни тарк этмоқчи  2 17:45Тимур Кападзе: "CAFA - яхши турнир бўлади. Ҳали шартномам янгиланмади"  6 17:10Котрина Кулбите: "Нима бўлганда ҳам биз йўлланмани қўлга киритдик"  2 16:46"Бунёдкор" "Андижон"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 16:35Футболчиларимиз Осиё чемпионати йўлланмаси қўлга киритилганидан сўнг нималар деди?  2 16:12"Арсенал" 65 млн евролик трансферни эълон қилди  6 15:59Халқаро турнир. Хитой U-16 — Ўзбекистон U-16 ўйини учун таркиблар маълум  0 15:20Сон Хён Мин МЛС клубига рад жавобини берди  0 14:36"Манчестер Юнайтед" "Челси" ярим ҳимоячиси учун 40 млн евро тўлашга тайёр  0 13:45Калверт-Льюин Манчестер клубига ўтиши мумкин  1 13:05Қисқа вақтда Осиёни ўзига қаратган "Бунёдкор" — 20 ёшда  10 12:45ОКМК "Машъал"ни кичик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 12:23Opta: Клублар ўртасидаги ЖЧда ПСЖ фаворит ҳисобланмоқда  18 11:48Факт: "Динамо" Самарқандда 17 йилдан буён "Насаф"ни юта олмаяпти  4 11:22Балотелли Шимолий Америкага йўл олиши мумкин  0

Aybek Nurbaev: "Biz ikki ochko yo'qotdik" Yangiliklar

Aybek Nurbaev: "Biz ikki ochko yo'qotdik"

Pro-liganing 8-turida "Lokomotiv"ga qarshi o'yindagi durangdan keyin "Jayxun" bosh murabbiyi Aybek Nurbaev matbuot anjumanida qatnashdi.

- Avvalambor, xalqimizni kirib kelgan Qurbon Hayiti bilan qutlayman. Shuningdek, uzoq kutilgan jahon chempionati bilan O'zbekiston va Qoraqalpog'iston ahlini tabriklab qolaman. Bundan qattiq xursanmiz. Bu futbolning bayrami desak ham bo'ladi. Hudo kuch-quvvat berib, futbolchilarimiz jahon chempionatida ham yaxshi natijalar qayd etib, O'zbekiston bayrog'ini yuqorilarga ko'tarishini tilab qolaman.

O'yinga keladigan bo'lsak, bugun ikki xil taym bo'ldi. Bugun biz ikki ochko yo'qotdik. O'z maydonimizda "Lokomotiv"ga qarshi o'ynashga juda qattiq tayyorlangandik. Raqiblarning o'yinlarini ko'rdik, taxlil qildik. Har bir poziciyadagi o'yinchilariga alohida tayyorlandik. O'yinni yaxshi boshladik va gol ham urdik. Tayyorlagan rejalarimiz ish berdi, dastlabki golni urib olganimizdan keyin jamoam ochilib ketadi deb o'ylagandim. Ishlar yaxshi ketayotgandi, biroq biz qizil kartochka oldik va rejalar buzilib ketdi. Shu sababli himoyada o'ynashga majbur bo'ldik. Ikkinchi bo'lim oldidan futbolchilarga yaxshi ishtiyoq, ularga taktik ko'rsatmalar berdim. Ikkinchi bo'limda qizil kartochkadan keyin o'yin nazoratini o'zimizga oldik. Ikki marta raqib darvozasi ustunini poyladik. Ko'p vaziyatlarda o'zimiz to'g'ri zarba bera olmadik. Yana bir marta aytaman, biz ikki ochko yo'qotdik. O'yinni barcha ko'rdi, "Jayxun" jamoasi o'yindan-o'yinga kuchayib bormoqda. Bu yigitlarim bilan faxrlanaman.

- Uchrashuvning 14 va 46-daqiqalarida qizil kartochkalar ko'rsatildi. Bu o'yin oldidan tayyorlangan rejalarga qanchalik halaqit qildi?

- 14-daqiqada biz birinchi bo'lib qizil kartochka olganimizdan keyin hujumkor o'yinni himoyaga o'tkazishga majbur bo'ldik. Chunki raqibdan bir kishi kam bo'lib qolgandik. Uch hujumchidan birini markazga tushirdim. Lekin taktikada o'zgarish qilmadim. O'yin oxirigacha barchasini kutdim, barchasi yaxshi ketdi. Ikkinchi bo'lim o'rtalarida yigitlarimga shu tempda davom etishimiz kerakligini tushuntirdim. Qizil kartochkadan keyin futbolchilarim o'yinni o'z tarafiga og'dirdi. Biroq futbolchilarim yosh, ularga tajriba etishmayapti. Tarkibimizdagi 90 foiz futbolchi Pro-ligada birinchi marta o'ynamoqda. Ularga tajriba berishimiz kerak bo'lmoqda. Asosiysi, o'yinlardan keyin futbolchilarim sinib qolmayapti. Faqatgina yuqoriga qarab ketyapmiz. O'yindan-o'yinga yaxshilanib bopyapmiz. Ikkinchi davrada 5 ochko to'pladik. Oldimizda "FarDU"ga qarshi uy o'yinimiz kutib turibdi. Bunda g'alaba qozonishimiz kerak deb o'ylayman.

- Bugun jamoangiz 2 marta darvoza ustunini poyladi. O'sha payt nima etishmadi deb o'ylaysiz?

- Shunchaki omad etishmadi. Ikkala vaziyatda ham to'p uzoq vaqt bizda bo'lib turgandi. 

- Jamoamiz muxlislari haqida.

- Muxlislarimiz bunaqa muxlislik qiladi deb o'ylamagandim. Futbolchilarimiz asta-asta kuchaymoqda. Birinchi davradagidan ko'ra ancha yaxshi. Yigitlarimga aytyapman, bizni muxlislar qo'llab-quvvatlamoqda, ular uchun o'ynash kerak deb. Muxlislarga rahmat aytaman, ilk daqiqalardan bizni yaxshi qo'llab-quvvatlashdi. Ularga rahmat aytaman.



Reyting: +2   

Fikrlar

+1   
07 iyu 21:29:37
Жамшид Jamshid
Локон бу уйини билан 1-лига жамоаси хам ютади. Жайхун боллари хужум килишда хато килишмаганда йирик хисоб буларди
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика