Xansi Flik: "Mbappe - eng zo'r hujumchi, lekin biz o'zimizga ishonamiz"

Mirjalol Normatov
10 yanv 2026, 17:52
"Barselona" bosh murabbiyi Xansi Flik "Real" hujumchisi Kilian Mbappega yuqori baho berdi.

- Ayni damda Mbappe - dunyoning eng yaxshi hujumchisi. U ko'plab gollar urdi va yuqori darajadagi iqtidorga ega. Biz jamoa bilan birgalikda yarim final o'yinini tomosha qildik.

- Mbappega qarshi himoyalanish qanday bo'ladi?
- So'nggi bir yarim yil ichida nechta klasiko o'ynadik? Shularning nechtasida g'alaba qozondik? Faqatgina bittasida yutqazdik. Bilaman, Mbappe - fantastik futbolchi, bo'sh hududga ega bo'lsa, ko'p narsalarga qodir bo'ladi. Lekin barchasiga moslasha olamiz. Gap faqatgina Mbappeda emas. Biz o'zimizga, o'z falsafamiz, g'oyalarimizga ishonamiz, - dedi Flik.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo