Futzal. Oliy liga peshqadamida bosh murabbiy o'zgardi
10 jan 17:17
Yangiliklar
Futzal. Oliy liga peshqadamida bosh murabbiy o'zgardi
"Oliy liga peshqadami — BMB PFC jamoasi murabbiylar shtabida o'zgarish yuz berdi. Klubning rasmiy telegram kanali xabariga ko'ra, jamoa bosh murabbiyi Dilshod Rahmatov bilan tuzilgan mehnat shartnomasi tomonlarning o'zaro kelishuvi asosida bekor qilindi.
7-tur doirasidagi qolgan uchrashuvlarda jamoani maydonga shu kungacha bosh murabbiy yordamchisi sifatida faoliyat olib borgan Aziz Mamatov boshlab tushadi. Klub tasischilarining umumiy yig'ilishi qaroriga muvofiq, unga bosh murabbiy vazifasini vaqtincha bajarish masuliyati yuklatildi.
Klub rasmiy bayonotida quyidagilar takidlangan:
“Dilshod Rahmatov jamoamiz bilan birgalikda muhim bosqichlarni bosib o'tdi va klub tarixidagi yorqin lahzalarga o'z hissasini qo'shdi. Unga kelgusi murabbiylik faoliyatida muvaffaqiyat va yangi zafarlar tilab qolamiz.”
Kecha BMB jamoasi 7-turdagi ilk o'yinida "Dinamo"ga qarshi bahs olib bordi va 1:1 hisobida durang qayd etdi. Jamoa ayni damda 47 ochko to'plagan holda chempionat turnir jadvalida peshqadamlik qilib turibdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" vs "Нефтчи": Қайси бирида чемпионлик имконияти катта?
АПЛ. МЮ "Тоттенхэм"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди, "шпорлар" 29-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди
Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Мальорка"ни йирик ҳисобда мағлуб этди
Бензема мавсумда тўртинчи марта хет-трик қайд этди
Fikrlar