So’nggi yangiliklar

00:53"Реал" "Ливерпуль” юлдузини кузатишда давом этмоқда  0 23:55А Серия. "Рома" меҳмонда "Женоа"га мағлуб бўлди  2 23:43"Милан" — "Интер". Таркиблар маълум  4 23:42ПСЖ ўйинларига қалбаки чипталар тайёрлаб сотганликда гумон қилинган шахс қўлга олинди  0 23:23Фоден "Барселона"га ўтиши мумкин  0 22:55Испаниялик юлдузнинг тренажёр залига кириши тақиқланди  0 22:33"Реал" Родрини ўз сафига қўшиб олмоқчи эмас. "Сити" хавбеки мадридликларнинг режасида йўқ  0 21:48Германияда мухлислар ВАРни токдан узиб қўйгани учун ҳакам баҳсли вазиятни монитордан кўра олмади  1 20:45Эрон аёллар терма жамоаси футболчилари хоинга чиқарилди, улар қатл этилиши мумкин  14 20:28Туркманистон кубогида ярим финалчилар аниқланди  4 20:03Модрич оиласи ва дўстлари, жумладан Манжукич учун “Интер”га қарши дерби учун 60 та чипта сотиб олди  4 19:53"Каттақўрғон" ўтган мавсум Қирғиз Республикасида ўйнаган футболчи билан шартнома имзолади  2 19:20Футбол академиялари ўртасидаги Ўзбекистон кубоги ўз ниҳоясига етди  3 18:58Брандт АПЛ клубига ўтиши мумкин  0 18:25Энцо Фернандес: "Менинг орзуим — Чемпионлар Лигасида ғолиб чиқиш"  4

"Paxtakor" vs "Neftchi": Qaysi birida chempionlik imkoniyati katta? Yangiliklar

"Paxtakor" vs "Neftchi": Qaysi birida chempionlik imkoniyati katta?

Teglar :  PaxtakorNeftchi
2026 yilda biz 2000-yillardagi "Neftchi" - "Paxtakor" qarama-qarshiligini yana ko'ramiz.

O'tgan yili ham shunday bo'ldi-ku, deyishingiz mumkin. Yo'q, o'tgan yili "Paxtakor"ning birinchi davradagi, "Nasaf"ning esa ikkinchi davradagi inqirozi "Neftchi"ni oldinga o'tkazib yubordi. Bu yil esa umuman boshqacha: chempionatga ikkita klub yaqqol boshqalardan ustunlik bilan kirib kelyapti. Ikkisi ham tarkibini saqlab qolgan holda ayrim nuqtalarini kuchaytirib olgan jamoalar — "Paxtakor" va "Neftchi". Keling, bu ikki klubni poziciyalar bo'yicha bir-biri bilan solishtirib chiqamiz. Avvalo, taqqoslashni murabbiylar shtabida boshlaymiz.


MURABBIY: Ko'ramiz, kuzatamiz


"Paxtakor"da bu poziciyada jamoaning ko'p yillik sadoqatli eks-futbolchisi Komoliddin Tojiev faoliyat yuritmoqda. U so'nggi 3 yilda murabbiy sifatida etilib, 2025 yilning ikkinchi davrasida inqirozga tushib qolgan poytaxtliklarni jarlikdan qutqarib qoldi. Jamoaning aksar etakchi futbolchilari uning faoliyati so'nggida klubda debyut qilgan yigitlar hisoblanadi. Murabbiy va futbolchilar o'rtasida yaxshi munosabat shakllangan — bu juda muhim. Qolaversa, Kievning "Dinamo" klubida ko'p yillar davomida faoliyat olib borgan Emilian Karas yordamchi murabbiyga aylandi.

"Neftchi" esa O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bilan yaxshi natijalar ko'rsatgan Islombek Ismoilovga katta imkoniyatlar yaratib berdi. Ismoilov chempion jamoani qo'lga oldi, endi uning oldida katta masuliyat yotibdi — amaldagi chempionlikni takrorlash. Bu oson bo'lmaydi. Buni Farg'ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov ham yaxshi anglab, ham jamoa, ham murabbiy manfaati uchun O'zbekistonga begona bo'lmagan murabbiy Yurgen Gede hamda bir qator xorijlik murabbiylarni vodiyga taklif qildi.



DARVOZA: Deyarli tenglik


Ikki jamoaning holati deyarli teng. Vladimir Nazarov va Botirali Ergashev O'zbekiston milliy terma jamoasining O'tkir Yusupov va Abduvohid Nematovidan keyin o'z imkoniyatlarini kutayotgan kiperlar hisoblanadi. So'nggi yillarda o'zbek futbolida darvozabonlar ampluasi bo'yicha katta muammo yuzaga kelgan bir paytda, bu ikki posbon o'z jamoalarining etakchi o'yinchilariga aylangan. Vaziyatga qarab Sanjar Quvvatov va Akbar To'raev asosiy posbonlarga zaxira bo'ladi. Demak, darvozabonlar sifati bo'yicha tenglik bor.




HIMOYA: "Paxtakor" bir qadam oldinda


Milliy terma jamoa darajasida qaraydigan bo'lsak, termaning ikki qanot himoyachisi — Alijonov hamda Nasrullaev "Paxtakor" safida. "Neftchi" tarkibida esa Farrux Sayfiev va Ibrohim Halil Yo'ldoshev jahon chempionatiga borish imkoniyati yuqori bo'lgan futbolchilardir. Shuningdek, toshkentliklar safida Muhammadqodir Hamraliev va Zaid Tahsin ham terma jamoa azolari hisoblanadi. Adolatli yondashuv bilan qaralsa, himoya chizig'ida ustunlik "sherlar" tomonida.



YARIM HIMOYA: Raqobat eng kuchli joy


Bu chiziqda farg'onaliklar safida O'zbekistonning eng yaxshi pleymeykerlaridan biri Jamshid Iskanderov harakat qiladi. Uning oldida chempionatning ko'p yillik tajribali futbolchisi Ikrom Aliboev bor. So'nggi yillarda Ismoilov yaxshi o'sdi. Odilovga esa reklama kerak emas. OKMKni elkasida ko'tarib yurgan Hurshid G'iyosov ham sifatli transferlardan biri, deb ayta olaman. O'zbekiston chempionatining eng yaxshi legionerlaridan bo'lgan Yovovich va Jokich ham aynan shu amplua vakillaridir.

Komoliddin Tojiev uchun eng katta bosh og'riq — yarim himoya chizig'i. Murabbiy qo'l ostida Dostonbek Hamdamov, Hojimat Erkinov, Oybek Bozorov, Azizbek Turg'unboev, Bashar Resan, Flamarion bor. Chempionatdagi eng “bum” transfer ham aynan shu poziciya egasi — Akmal Mozgovoy bo'ldi. Tayanch yarim himoyachilardan Sobirxo'jaev, Bo'riev va Ibrohimovni ham qo'shamiz. Rostdan ham, Tojiev uchun qiyin tanlov. Menimcha, bu yarim himoyachilardan yana bitta alohida tarkib tuzish mumkin. Aftidan, Jahongir Ortiqxo'jaev OCHL-2ni yutishni maqsad qilgan. 



HUJUM: Ustunlik "Neftchi"da


6 fevral sanasiga to'g'ri kelib yozilayotgan maqoladan kelib chiqib aytsak, hujum chizig'ida ustunlik hozircha "Neftchi" tomonida. Nimeli va Marushich allaqachon O'zbekiston chempionatiga moslashib olgan futbolchilar. Yovovich esa "Paxtakor" yarim himoyachilaridan farqli ravishda o'zi vaziyat yaratib, uni gol bilan yakunlay oladigan vinger.

"Paxtakor" to'rtta poziciya bo'yicha imkoniyatni boy berayotgan yagona nuqta — aynan hujum chizig'i. Sergeevning ketishi klub uchun jiddiy muammo bo'ldi. Shu sababli ijarada bo'lgan Turdimurodov qaytarildi. Agar jamoa yana bitta hujumchi olmasa, uzoq mavsum uchun faqat Turdimurodovning o'zi etarli bo'lmasligi mumkin.

Hozircha bu fikrlar bugungi transferlardan kelib chiqib yozilgan xulosadir. Chempionat boshlanishiga yana 3 hafta vaqt bor. Kim biladi, "Paxtakor" ham, "Neftchi" ham yana o'z poziciyalarini kuchaytirib olishi mumkin. Eshitishimcha, ikki jamoa ham xorijdan hujumchi qidirmoqda.



XULOSA. Hozirgi holatdan kelib chiqib aytganda:

Darvozada — Tenglik

Himoyada — "Paxtakor",

Yarim himoyada — ikki jamoa ham juda kuchli,

Hujumda — "Neftchi".

Reyting: +8   

Fikrlar

+8   
06 fev 15:25:44
Azizbek Rustamovich
Akbar Umarov foydalanuvchining fikriga javob berish
O'tkan mavsumda Paxtakor PFC Farg'onada Neftchi FCni bir ayag'i bilan o'ynab anchayin osonlikcha xattoki birinchi bo'limni ozida 0:4 ga yutgan edilar. Keyin Toshkentdagi Jar Stadionida bo'lsa Neftchi O'zFHQ hakamlari bilan o'zaro hamkorlik qilganliklariga qaramay baribir yakunda 1:2 ga yutkazgan edilar. Futbol ichidagi Insonlar otgan mavsumda Neftchi FCni faqatgina O'zFHQning haromxor hakmalarining katta yordamlari evaziga g'irrom CHempionlikni qo'lga kiritganliklarini oshkora bemalol bayon qilgan edilar. Qorabog' PFC Neftchi FC 5:0 mana isboti sizlarga yana bir borda.
Xalol sport prinsiplari? Paxtakor nechi marta tayangan bu prinsipga. O‘tgan yil Metallurg yetishmadi Paxtakorga. Xalqni aldab bo‘lmaydi. Paxrakorni federatsiya, hakamlar ortiqcha qo‘llab quvvatlayverganidan Paxtakor muxlislari juda kam qolgan. Kim ham teatrga pul vaqt sarflagisi keladi. Paxtakor stadioniga o‘n ming muxlis tushishi sensatsiya bo‘ladi chempionat o‘yinlarida. Qaysi milliy chempionatda bayroqdor jamoa shunaqa abgor holatda muxlislar tashrifi bo‘yicha. Navbaxor, Nasaf, Neftchi, Andijon, Dinamo.... Paxtakor bu jamoalarni qaysi biriga teng keloladi muxlis to‘plashda. Paxtakorni majburlab ommaviy qilishadi.
+6   
06 fev 15:32:09
Азим Исмаилов
Akbar Umarov foydalanuvchining fikriga javob berish
Azimboy uka hafa bo'lmaginku Futbolni xattoki F harfniyam aslo tushunmas ekansan. Qiyosing xuddiki Bokschidan kurashni so'raganingday gapda.
Езувингиз лотин езувлигидан якинда мактаб остонасига кадам куйганинигизни билдим
Шунинг учун ман футболни ф хавфини тушунмасам хам иложи булса сансирамасдан фикр билдиришга харакат килинг чунки мани ешим 50 га якинлашиб колган кейин сиз айтганидек нефтчини "харомхур" хакамлар билан алокаси борлигига далил исботингиз булса гапирганингиз макул булмасам курук тухмат булиб колади
+6   
06 fev 15:03:41
Азим Исмаилов
Akbar Umarov foydalanuvchining fikriga javob berish
Agarda Neftchi FC O'zFHQ bilan o'zaro hamkorlik qilmay o'yinlar halol sport printsiplari asosida o'tsa unda albatta Paxtakor PFC hech qanday qiyinchliksiz osinlikcha CHempion bo'lsalar kerak.
Агар сиз айтганингиздек халол спорт принципига асосланса худди утган йилгидек пахтакор чемпион булмайди
+5   
06 fev 16:10:12
Навбахор мухлиси..
Akbar Umarov degan nikli akamiz sog'lom fikrlaydigan odam bulishlarini so'rab duo qilaylik.
+4   
06 fev 16:07:00
Равиш
Ким чемпион булишини аллох билади.
+3   
06 fev 17:29:53
Arsenal 14
Oldindan bir nima deb bo'lmaydi. Paxtakor-Neftchi emas, boshqa jamoalar ham chempionlik uchun kurashishi, chempion bo'lishi mumkin. Tarkibga qarab baho bermang, bu futbol, futbolda nimalar bo'lmaydi
+3   
06 fev 16:52:35
Шухрат Эргашев
Манимча бу мавсум тенг кучли жамоалар купайди, чемпионлик интригаси каттик булади.
+3   
06 fev 14:58:46
nerazzuri
Ярим химояда Пахтакор жуда кучли экан сузсиз кучли.
+3   
06 fev 14:31:39
Абдугаффор . N
Нефтчи Чемпионликни такрорлайди бу йил хам!
+2   
06 fev 22:00:12
Shuhrat Tojiev
Пахтакор чемпион.
Pahtakor chempioni.
+2   
06 fev 21:14:52
leva8989
Neftchi Xorvatiyalik hujumchi oldi.Stipe Perica.Faoliyati davomida Chelsi,Udineze,Kasimpasha,Rieka,Makkabi TelAviv,Dinamo Buxarest da o'ynagan.30 yoshli hujumchi Xorvatiya turli yoshdagi terma jamoalarida ham o'ynagan
+2   
06 fev 20:10:11
Тохир Гайибов
Абдулазиз,маколангиз нохолис чикибди. Бошка жамоалар йукми суперлигада? Факат Нефтчи бн Рахтакор катнашади холосми турнирда?
+2   
06 fev 20:03:25
Адхамжон Низамов
mirabzal foydalanuvchining fikriga javob berish
nepchi xich qachon paxtakor bilan teng bōlomiydi
Непчи эмас,Нефтчи.Худо билади ким чемпион булишини.
+2   
06 fev 18:02:14
BXZ BXZ
Бу йил чемпионликка даъвогар жамоалар ку́п Пахтакор , Нефтьчи , Динамо , Андижон , Насаф , Навбахор , Су́гдиёна ва Огмк хамда Бунёдкор ку́шилиши мумкин . Энди ким чемпион бу́лиши кимга ку́прок омад бокса шу чемпион бу́лади омад эса Аллахдан бу́лади . Бу йил чемпионат у́та шиддатли ва кизикарли бу́лади деган умиддаман .
+2   
06 fev 18:02:00
BXZ BXZ
Бу йил чемпионликка даъвогар жамоалар ку́п Пахтакор , Нефтьчи , Динамо , Андижон , Насаф , Навбахор , Су́гдиёна ва Огмк хамда Бунёдкор ку́шилиши мумкин . Энди ким чемпион бу́лиши кимга ку́прок омад бокса шу чемпион бу́лади омад эса Аллахдан бу́лади . Бу йил чемпионат у́та шиддатли ва кизикарли бу́лади деган умиддаман .
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика