"Chelsi" Xabi Alonso uchun birinchi transferni kelishib oldi

31 may 2026, 17:51
"Kristal Pelas" yarim himoyachisi Adam Uorton faoliyatini "Chelsi"da davom ettirishi mumkin.

"Ko'klar" futbolchi bilan 2032 yilning yoziga qadar (yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan) shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi. Boshqa jamoalarning qiziqishiga qaramay, Uortom "Chelsi"ga o'tishni tanladi. Yaqin kunlarda "Chelsi" yarim himoyachi transferi bo'yicha "Kristal Pelas" bilan muzokaralarga kirishadi.

Adam Uorton 2025/26 yilgi mavsumda barcha musobaqalarda 53 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning qiymati 60 million evroga baholanmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: football.london