

U bilan 2029 yil iyunigacha mo'ljallangan shartnoma imzolandi. Frank ushbu lavozimda 2026 yilning yozidan beri ishlab kelgan Per Saj o'rnini egalladi.
Uning murabbiylar shtabidan yordamchi murabbiy Peddi Makkarti hamda ilgari Frank bilan "Brentford"da birga ishlagan darvozabonlar murabbiyi Endi Kuay o'rin oladi.
Ma'lumot uchun, Frank bungacha "Brentford", "Tottenxem", "Brondbyu" va Daniya yoshlar terma jamoalarini boshqargan. U 2021 yilda "Brentford"ni 74 yillik tanaffusdan so'ng APLga olib chiqqan edi.



