

“Football Insider" nashrining xabar berishicha, "Tottenxem" sobiq murabbiyi Tomas Frank - "Kristal Pelas"ni boshqarish uchun asosiy nomzod. Daniyalik mutaxassis Oliver Glasner ketganidan so'ng murabbiylikni o'z qo'liga olishi kutilyapti.
Bu Frank uchun "Tottenxem"dagi qiyin davrdan so'ng faoliyatini qayta tiklash uchun oltin imkoniyatdir. Shuni takidlash kerakki, u ilgari "Brentford"ni ham boshqargan.



