Levandovski Messi va Ronalduning natijasini takrorladi
08 fev 11:05
Yangiliklar
Levandovski Messi va Ronalduning natijasini takrorladi
Manba malumotiga ko'ra, Levandovski 2025/2026 yilgi La Liga mavsumida 10 ta gol urdi. Shu tariqa u XXI asrda Evropaning kuchli beshta chempionatida ketma-ket 15 mavsum davomida ikki xonali gollar soniga etgan uchinchi futbolchiga aylandi. Bungacha bunday natijaga Krishtianu Ronaldu (16 mavsum) va Lionel Messi (15 mavsum) erishgan. Ronaldu bu natijani Angliya Premer-ligasida ("Manchester Yunayted"), La Ligada ("Real") va Italiya A Seriyasida ("Yuventus") qayd etgan. Messi esa Ispaniya chempionatida ("Barselona") va Franciya Ligasida ("PSJ") ushbu natijani ko'rsatgan.
Malumot uchun, polshalik hujumchi mazkur yutuqni La Liganing 23-turidan o'rin olgan "Malorka"ga qarshi bahsda (3:0) kiritgan goli orqali qayd etdi.
Levandovski "Barselona" safida 2022 yil yozidan buyon to'p surib kelmoqda. U bunga qadar "Bavariya" hamda Dortmundning "Borussiya" jamoalarida faoliyat yuritgan. Joriy mavsumda hujumchi barcha musobaqalarda 28 ta uchrashuvda ishtirok etib, 13 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. Ламин Ямалнинг голи "Барселона"га меҳмонда "Атлетик"га қарши ўйинда ғалаба тақдим этди
ЛаЛига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Сельта"ни қийинчилик билан мағлуб этди
“Ғалаба қозонишимизга ишончим комил”. Куртуа EЧЛда "Ман Сити"дан ўтиш учун "Реал"га нима кераклигини айтди
"Супер олтин тўп" 2029 йилда топширилиши мумкин
Fikrlar