Ser Aleks Fergyusonning xotiralar kitobi nashrdan chiqadi
10 mar 18:26
Yangiliklar
Ser Aleks Fergyusonning xotiralar kitobi nashrdan chiqadi
Shuningdek, kitobda avval elon qilinmagan suratlar va uning shaxsiy arxividan materiallar ham joy oladi.
Fergyusonning takidlashicha, u hayotining turli bosqichlari bilan bog'liq bo'lgan o'yinlarni tanlab olgan. Uning so'zlariga ko'ra, ularning ko'pchiligi muxlislarni hayratga solishi mumkin, chunki hammasi ham mashhur uchrashuvlar emas. Bu o'yinlarning ayrimlari hatto televidenie arxivlarida ham saqlanmagan — ular faqat uning xotirasida yarq etib namoyon bo'ladi.

"Ushbu kitob uchun men o'zim uchun alohida ahamiyatga ega 21 ta o'yinini tanladim.
Tanlov sizlarni hayratga solishi mumkin, chunki men avvalgi kitoblarda yozgan o'yinimlarga yopishib olmadim yoki muxlislarning darrov yodiga tushadigan bahslar bilan cheklanib qolmadim. Aksincha, meni hayotimning turli lahzalariga qaytarib boradigan va o'n yillar o'tsa ham katta ahamiyatga ega bo'lib qolgan o'yinlarni saraladim.
Uchrashuvlarning ayrimlari hech qanday televidenie arxivida saqlanmagan. Bu — faqat xotiralar. Biroq tasavvurimda men ularni hozir ham go'yoki tomosha qilyapman — juda yorqin ranglarda", – dedi Aleks Fergyuson.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. Ламин Ямалнинг голи "Барселона"га меҳмонда "Атлетик"га қарши ўйинда ғалаба тақдим этди
ЛаЛига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Сельта"ни қийинчилик билан мағлуб этди
“Ғалаба қозонишимизга ишончим комил”. Куртуа EЧЛда "Ман Сити"дан ўтиш учун "Реал"га нима кераклигини айтди
"Супер олтин тўп" 2029 йилда топширилиши мумкин
Fikrlar