

Manbaga ko'ra, 23 yoshli angliyalik futbolchi "Manchester Siti"ga o'tishni afzal ko'rmoqda.
"Qizil iblislar" u uchun 115 million evro atrofidagi summani to'lamoqchi emas. "Siti" esa raqobatchilarni ortda qoldirib, futbolchi bilan shartnoma tuzishga umid qilmoqda.
Anderson "Nottingem Forest"da 2024 yilning iyulidan buyon o'ynab keladi. Uning bitimi 2029 yil 30 iyungacha mo'ljallangan.
Yarim himoyachi 2025/26 yilgi mavsum 50 o'yinda 4 ta gol urdi va 5 ta golli pas uzatdi. Transfermarkt uning transfer qiymatini 60 million evroga baholamoqda.



