"Manchester Siti" APL tarixidagi eng qimmatbaho transferni amalga oshirishi mumkin

26 iyun 2026, 02:09
Insayder Fabricio Romanoning xabar berishicha, "Nottingem Forest" yarim himoyachisi Elliot Anderson faoliyatini "Manchester Siti"da davom ettiradi.

Avvalroq 23 yoshli angliyalik futbolchining transferi "shaharliklar"ga 150 million evroga tushishi mumkinligi va bu Angliya Premer-ligasi tarixidagi eng qimmat transferga aylanishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

“Transfermarkt” ma'lumotlariga ko'ra, markaziy yarim himoyachining bozor qiymati hozirda 75 million evroni tashkil etadi.

Anderson o'tgan mavsumda APLning 38 o'yinida qatnashib, 4 tadan gol va assist qayd etgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: x.com/FabrizioRomano