

PSJ - "Arsenal" uchrashuvi 30 may kuni Budapeshtda Toshkent vaqti bilan 21:00da start oladi.
Mavsumdagi ikkinchi sovrinni yutish mumkinligi haqida
"Bu juda ajoyib. O'yinga yaxshi tayyorlandik, e'tiborimiz maksimal va barchamiz pozitivmiz. Butun turnirni yaxshi o'tkazganimiz va shu erga kelganimiz uchun haqlimiz. Ertaga endi sovrin uchun ham haqli ekanligimizni isbotlashimiz kerak. Bu g'alaba "Arsenal" uchun juda muhim. G'alabalar esa qiyinchilik bilan berilishini yaxshi bilamiz".
"Arsenal" finalning autsayderimi?
"PSJ sovrinni himoya qiladi. Buning bosimi kattaroq. Biz esa sovrinni PSJdan tortib olmoqchimiz", - dedi Arteta.



