"Men Leo qoladi deb kafolat bermaganman" - Laporta Xavining ayblovlariga javob qaytardi

Aslanov Jasurbek
9 mar 2026, 23:01
"Barselona" prezidentligiga nomzod Joan Laporta 2023 yilda Lionel Messining klubga qaytmay qolgani borasida Xavining bildirgan etirozlariga o'z munosabatini bildirdi.

Muammo nimada edi?

Avvalroq kataloniyaliklarning sobiq ustozi va yarim himoyachisi Xavi matbuotda shunday bayonot bergan edi:

"Hammasi tayyor edi, Leo qaytishni xohladi, bizda La Liganing ruxsati ham bor edi. Ammo Laporta hammasini to'xtatib qo'ydi".

Laportaning bunga javobi:

Laporta Xavining bu so'zlarini inkor etib, asl vaziyat qanday bo'lganini tushuntirib berdi:

"2021 yilda Messi moliyaviy sabablarga ko'ra shartnomasini uzaytira olmadi. 2023 yilda esa Xavi oldimga kelib, Leo qaytishni xohlayotganini aytdi - bu voqea mart oyining o'rtalarida sodir bo'lgandi.

May oyida esa Xorxe Messi (Lionelning otasi) menga Leoga bo'ladigan bosim juda yuqori bo'lishini va shu sababli ular Mayamiga ko'chib o'tishni afzal ko'rishlarini aytdi. Men esa ular o'z kelajagini belgilashda erkin ekanliklarini bildirdim.

Men Messi qoladi deb aytmaganman va bunga hech qachon kafolat ham bermaganman", - dedi Laporta.

Ko'rinishidan, "Barselona"dagi saylovlar oldidan ichki ziddiyatlar va o'tmishdagi transfer mojarolari yana kun tartibiga chiqmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Diario Sport