

"Zimmamizdagi mas'uliyat beqiyos darajada ulkan ekanligini yaxshi anglaymiz. Biroq vaziyat taqozo etgan darajada, yani munosib tarzda Jahon chempionatini o'tkazishga tayyormiz va bunga qatiy ahd qilganmiz. Mundial oson bo'lmasligi aniq. Guruhimiz juda murakkab, ammo jamoa, murabbiylar shtabi va futbolchilarning birgalikdagi mehnati bilan, albatta, ijobiy natijaga erishishimizga ishonchimiz komil. O'zbekiston Jahon chempionatiga yo'l oldi, chunki bunga haqli edi. Sababi – bu mamlakat yoshlar bilan ishlash tizimini juda a'lo darajada yo'lga qo'ygan. Ular bundan keyin yanada yaxshiroq natijalar ko'rsatishiga ishonaman", dedi 54 yoshli mutaxassis.



