

- "Men "Barsa"ni Segundada ko'rishni xohlayman. Bu meni xursand qilgan bo'lardi. Bu menga quvonch keltirgan bo'lardi", - dedi Rikelme.
- "Barsa"ning yo'q bo'lib ketishini xohlarmidingiz?
- "Bu borada men hech qanday muammo ko'rmayapman, lekin men "Real" g'alaba qozonishini xohlayman, boshqalarda nima bo'lishi esa..." - deya Rikelme so'zlaridan iqtibos keltirmoqda OneFootball.
Avvalroq, Madridning "Real" klubi prezidentlik saylovlari sanasini e'lon qilgan edi, unga ko'ra saylov yakshanba kuni, 7 iyunda bo'lib o'tadi. Saylovda ikki nomzod - amaldagi prezident Florentino Peres va ispaniyalik tadbirkor Enrike Rikelme ishtirok etadi.



