Babayan bosh murabbiy sifatida "Neftchi"ga yutqazmagan

Sherzod Nurmatov
10 mar 2026
Vodiy derbisida ikki jamoa ham yangi murabbiylar qo'l ostida maydonga tushadi.

Islom Ismoilov murabbiylik faoliyatida Superligada ilk bor "Andijon" bilan to'qnash kelsa, "burgutlar" ustozi Samvel Babayan ishlagan jamoalarida 9 marotaba "Neftchi"ga qarshi maydonga chiqqan. Uning klublari mazkur bahslarda umuman engilmagan, 3 bor durangga imzo chekkan.

2014. "Neftchi" - "Paxtakor" 1:2

2014. "Paxtakor" - "Neftchi" 1:0

2015. "Paxtakor" - "Neftchi" 2:0

2022. "Navbahor" - "Neftchi" 2:0 (O'zbekiston Kubogi)

2022. "Navbahor" - "Neftchi" 0:0

2022. "Neftchi" - "Navbahor" 1:2

2023. "Neftchi" - "Navbahor" 0:0

2023. "Navbahor" - "Neftchi" 1:1

2024. "Navbahor" - "Neftchi" 1:0

Uchrashuv "Istiqlol" stadionida soat 19:00 da boshlanadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia