So’nggi yangiliklar

17:20Суперлига. "Бухоро" – "Қўқон-1912". Таркиблар маълум  3 16:54Расман: "Навбаҳор" собиқ футболчиси "Металлург"га ўтди  1 16:12ЕЧЛ 1/8 босқичига қуръа ташланди. "Реал" яна "Сити" билан ўйнайди  53 15:56"Барселона" бошқаруви аъзоси клуб Ҳоланд билан битим тузиши мумкинлигини айтди  3 15:40"Ғазалкент" назорат учрашувида "Зенит-2" билан дуранг ўйнади  1 15:27Водий клуби 12 йилдан сўнг янги мавсумни ўз аренасида қарши олади   3 15:04Нафақат чемпионлик учун кураш: "Арсенал" майдондан ташқарида ҳам "Манчестер Сити"га чақириқ ташлади  2 14:38Суперлига-2026. Мавсум давомида кузатиб бориш керак бўлган ёш иқтидор эгалари  2 14:12"Сўғдиёна" сўнгги бор қачон мавсумни ғалаба билан бошлаган?  1 13:49АПЛ клуби бош мураббийи билан шартномани 2032 йилнинг ёзигача узайтирди  0 13:26Суперлига. "Қўқон-1912" 7 йиллик нохуш анъанага барҳам берадими?  8 13:06Англия грандлари "Ноттингем Форест" ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  3 12:38"Манчестер Юнайтед" "Боруссия Д" футболчисига қизиқмоқда  1 12:10Роналду Англияга қайтиши мумкин?!  7 11:42Жанубий Америка Рекопасида сенсация! "Фламенго" совринни Аргентина клубига бой берди  3

Osiyo chempionati prevyusi: O'zbekiston - Eron Yangiliklar

Osiyo chempionati prevyusi: O'zbekiston - Eron

Indoneziya poytaxti Jakartada futzal bo'yicha Osiyo chempionatining chorak final bahslari o'tkaziladi.

O'zbekiston futzal terma jamoasi bugun 1/4 finalni amaldagi chempion Eronga qarshi o'tkazadi. Uchrashuv bizning vaqt bilan soat 11:00da boshlanadi. 

Chorak final juftliklari:

11:00. Eron - O'zbekiston

13:00. Tailand - Iroq

15:00. Yaponiya - Afg'oniston

17:00. Indoneziya - Vetnam 

Osiyo chempionati 16ta jamoa bilan start olgandi. Guruh o'yinlari yakuniga etgach, 8 jamoa musobaqani tark etdi: Qirg'iziston, Janubiy Koreya, Quvayt, Livan, Tojikiston, Avstraliya, Saudiya Arabistoni, Malayziya.

Guruhdagi natijalar

O'zbekiston futzal terma jamoasi oson bo'lmagan guruhdan qiyinchilik bilan keyingi bosqichga chiqdi. Futzalchilarimiz avvaliga Tojikiston bilan 0:0 o'ynab, 2-turda Avstraliyani 4:2 hisobida mag'lub etishdi hamda oxirgi turda yana bir kuchli jamoa Yaponiyaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Xayriyat guruhdagi ikkinchi o'yinda Tojikiston Avstraliya bilan 1:1 o'ynadi, agar qo'shnilarimiz yutib qo'yganida guruhda qolib ketishimiz mumkin edi. 

Eron esa doimgidek o'z kuchini ko'rsatdi. Guruhdagi uchala o'yinda uch g'alaba: Malayziya 4:1, Saudiya Arabistoni 2:0, Afg'oniston 5:2. Natijada qo'lga kiritilgan 9 ochko va to'plar nisbati 11-3.

Nodir Eliboev: "Biz bu erga yutish uchun kelganmiz"

Terma jamoamiz bosh murabbiyi Nodir Eliboev chorak final oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:

- Masuliyatni to'liq his qilyapmiz. O'yin "toza" 40 daqiqa o'ynaladi va bunda hamma narsa bo'lishi mumkin. Biz har bir daqiqani o'ylab harakat qilamiz. Yaponiyaga qarshi xatolarni tahlil qildik. Yana xatoga yo'l qo'ysak, Eron gol urishini bilamiz, shuning uchun juda ehtiyot bo'lishimiz kerak. Ha, Eron - kuchli jamoa, lekin Osiyo chempionatida raqiblarni biz tanlamaymiz. Biz bu erga faqat yutish uchun kelganmiz.

Vohid Shamsayi esingizdami?

2006 yilgi futzal bo'yicha Osiyo chempionatiga O'zbekiston mezbonlik qilgandi. Bu qita birinchiligiga ilk bor mezbonlik qilishimiz edi. O'sha musobaqada Eron chempion bo'lmagan, lekin tarkibida Vohid Shamsayi degan futzalchi ketma-ket gollar urib porlagan, natijada 16ta gol bilan musobaqa to'purari bo'lgandi.

Hozir 50 yoshni qarshilagan Shamsayi Eron futzal terma jamoasini boshqarmoqda. Maumot uchun, u o'yinchi sifqatida 8 bor Osiyo chempionatida zafar quchgan. Vohid Shamsayi chorak final o'yinidan oldin shunday dedi:- Guruhda uchta o'yinni o'z foydamizga hal qilgan bo'lsak, hech biri oson bo'lmadi. Raqiblar texnik va jismoniy tomondan ancha kuchaygan. Chorak finalda O'zbekiston terma jamoasiga qarshi o'ynaymiz. Ular Osiyodagi eng yaxshi jamoalardan biri. O'zbekiston har doim kuchli to'rtlikda bo'lib kelgan. Ikkita katta jamoa 1/4 finalda to'qnash keladi va kimdir musobaqani tark etadi. Lekin bu o'yin ekanini unutmaylik.

Ustunlik Eron tomonida

Osiyo chempionatidagi o'zaro o'yinlarda ustunlik Eron tomonida va buni hamma biladi. Shu paytgacha bu jamoaga qarshi 14ta rasmiy bahs o'tkazib, afsuski hammasida mag'lub bo'lganmiz va bu raqamlarni alohida keltirib o'tishdan foyda yo'q. Yaxshisi, terma jamoamizga omad tilaylik. Zal tekis, to'p yumaloq, maydonda hamma narsa bo'lishi mumkin. Nima dedingiz, balki bugun sensaciya ko'rarmiz.

Reyting: +3   

Fikrlar

+1   
03 fev 10:54:35
Lochinlar UZ
Шрифтни тугрилелар, ёши катталарга кийинчилик тугдиради
   
03 fev 11:07:00
FK DAVR
Bugun Xudo xoxlasa Eronni yutamiz. 0.01 % bo'lsada imkoniyat bor ekan xarakat qilish kerak.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика