ECHL. "Real Madrid" o'zini o'tish o'yinlarida o'ynashga majbur qilgan "Benfika"ni mag'lub etib, nimchorak finalga yo'lga oldi
26 fev 03:00
Yangiliklar
ECHL. "Real Madrid" o'zini o'tish o'yinlarida o'ynashga majbur qilgan "Benfika"ni mag'lub etib, nimchorak finalga yo'lga oldi
ECHL. "Real Madrid" - "Benfika" 2:1
Gollar: 14 - Rafael Silva, 16 - Orelen Tchuameni, 80 - Vinisius Junior
Birinchi o'yin: 1:0
"Real Madrid": 1. Tibo Kurtua, 12. Trent Aleksander-Arnold, 22. Antonio Ryudiger, 18. Alvaro Fernandes (20. Fransisko Garsiya, 90+1'), 17. Raul Asensio (4. David Alaba, 77'), 8. Federiko Valverde, 15. Arda Gyuler (38. Sesar Palasios, 84'), 14. Orelen Tchuameni, 6. Eduardu Kamavinga (30. Franko Mastantuono, 77'), 7. Vinisius Junior, 16. Gonsalo Garsiya (45. Tyago Pitarch, 84').
Zaxira: 13. Andrey Lunin, 26. Fran Gonsales, 2. Daniel Karvaxal, 23. Ferlan Mendi, 28. Xorxe Sestero, 37. Manuel Moran, 21. Braim Dias.
"Benfika": 1. Anatoliy Trubin, 17. Amar Dedich, 44. Tomash Arauju, 30. Nikolas Otamendi, 26. Samuel Dal, 27. Rafael Silva, 20. Richard Rios, 18. Leandro Barreyro (15. Sidni Lopesh Kabral, 90+1'), 8. Fredrik Eursnes (5. Enso Barrenechea, 85'), 21. Andreas Shelderup (9. Frano Ivanovich, 85'), 14. Vangelis Pavlidis.
Zaxira: 24. Samuel Suaresh, 50. Diogu Ferreyra, 4. Antoniu Silva, 6. Aleksandr Bax, 16. Manuel Silva, 62. Joze Netu, 10. Georgiy Sudakov, 11. Dodi Lukebakio, 72. Aniziu.
Ogohlantirishlar: 35 - Richard Rios, 51 - Nikolas Otamendi, 57 - Raul Asensio, 90+6 - Sesar Palasios
90+9. O'yin yakunlandi, "Real Madrid" nimchorak finalga yo'l oldi!
90. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 9 daqiqa qo'shib berildi.
90. Karrerasning zarbasi anchagina noaniq bo'ldi.
84. Arbeloadan qiziq yurish! Arda va Garsiya o'rniga hech kim tanimaydigan yoshlarni o'yinga tashladi.
83. Ardaning uzoq masofadan tepgan to'pi noaniq bo'ldi.
82. Xavfli vaziyat, darhol reakciya! Silva o'ziga uzatib berilgan to'pni fint tarzida darvozaga yo'lladi, ammo santimetrlar noaniq ketdi.
81. "Benfika"dan reakciya ko'ramizmi?


80. GOL! Vinisius hisobni oshirdi! U Valverdening pasidan so'ng birga-bir vaziyatga chiqib ketdi va gol urib, masalani deyarli hal qildi. Doimgidek, raqs tushdi.
78. O'yin davom etadi. Asensioga salomatlik tilab qolamiz.

74. O'yinda to'xtalish. Asensio va Kamavinga to'qnashib ketdi, Raul shifokorlar yordamida maydonni tark etadi. O'rniga tushish uchun Alaba tayyorgarlik ko'rmoqda.
70. Agar uchrashuv shu hisobda qoladigan bo'lsa Man of the match sovrini Kurtuaga berilishi kerak. Unda hozirgacha 4 ta seyv mavjud. Malumot uchun, Trubinda bu ko'rsatkich 2 tani tashkil etadi.
69. Xo'sh, murabbiylar hali futbolchilarni almashtirishga shoshilmayapti. Endi maydonda charchoq sezila boshlaydi, bu esa yangi futbolchilar tushishiga undov bo'lishi tayin.
68. "Benfika" tempi oshirdi. Bir qator hujumlar, zarbalar samara bermayapti.
60. Xavfli zarba! Vinisiusning zatosidan so'ng to'p Rafa Silvaga kelib tushdi, uning zarbasini Kurtua bartaraf eta bildi.
56. Aleksander-Arnold bir necha himoyachini aldab o'tib darvoza tomon zarba berdi, ammo salgina noaniq bo'ldi...
53. Trentning burchak zarbasidan uzatgan to'pini Asensio darvozaga yo'lladi, birozgina noaniq bo'ldi.
47. Trentning erlatib markazga uzatgan to'pini hech kim darvozaga yo'llay olmadi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
45+3. Birinchi bo'lim yakunlandi.
45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.
45. Valverdening darvoza tomon tepgan to'pi himoyachiga tegib yo'nalishini o'zgartirdi.
42. Ardaning erlatib markazga uzatgan to'pini darvozaga yo'llaydigan futbolchi topilmadi.
41. Gyulerning zarbasi rekoshetga uchrab maydonni tark etdi.
38. Xavfli zarba! Riosning kuchli zarbasini Kurtua qaytarib yubordi.
33. Yo'q, VAR golni bekor qildi.

32. GOL! Gyuler hisobni oshirdi! Vinisius to'pni Valverdega uzatdi, u boshi bilan Gonsaloga, himoyachidan qaytgan to'pni esa Arda darvozaga kiritdi.
25. Yana bir zarba Vinidan. Yana Trubin ushlab oldi.
24. Kamavinganing uzoq masofadan bergan zarbasini Trubin ushlab oldi.

No comment: "Real Madrid" muxlislari tomonidan bugungi uchrashuvga tayyorlangan banner.
21. "Real" nazoratni o'z qo'liga olishga intilmoqda. Ammo "Benfika" bunga yo'l qo'ymayapti...
17. Ux, o'yin shiddati oshib ketdi. Avval mehmonlar, endi mezbonlar hujumda.

16. GOL! Chuameni tezkor javob berdi! Uzatib berilgan to'pni ajoyib zarba bilan darvozaga yo'lladi va aniq bo'ldi!
15. "Real" endi tempni oshirarmikin? Kuzatamiz.

14. GOL! "Benfika" hisobni ochdi! Rafa Silva o'ziga uzatib berilgan to'pni darvozaga kiritdi!
6. Hujum navbati "Real"da. Vinisius jarima maydonchasi ichidan zarba berdi, ammo noaniq.
6. Yana bir zarba portugallardan! Yana Kurtua to'pni ushlab oldi...
5. Burchakdan uzatilgan to'pni "Benfika" azosi darvozaga yo'lladi, Kurtua ushlab oldi.
4. Uchrashuv mehmonlar pressingi ostida boshlandi deyish mumkin. Ilk daqiqalardan to'p asosan maydonning "Real" darvozasi tomonida o'tmoqda.
1. O'yin boshlandi!
- Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Bugungi ECHL pley-off bosqichidagi "Real Madrid" - "Benfika" uchrashuvining matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib borishingiz mumkin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ 1/8 финал босқичига қуръа ташланди: "Реал" яна "Сити" билан ўйнайди
Суперлига. "Пахтакор" ўз майдонида "Қизилқум"ни мағлуб этди
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида "Сўғдиёна"ни тор-мор этди
Fikrlar