So’nggi yangiliklar

01:05Бундеслига. Интрига ўлди-ми? "Бавария" "Дер Классикер"да "Боруссия Дортмунд"ни мағлуб этиб, жадвалда ундан 11 очко олдинлаб кетди  5 00:52Тимур Кападзе: “Самарқанддаги ўйин қийин бўлишини билардик”  1 00:38"Гавр" — ПСЖ. Таркиблар маълум  0 00:25АПЛ. Ҳусанов ва Ҳоландсиз ўйнаган "Манчестер Сити" меҳмонда "Лидс"ни қийинчилик билан мағлуб этди  14 00:17Мирко Йеличич: "Бу Суперлигада осон ўйин йўқ. Барча жамоалар ўз оиласи, клуби учун курашмоқда"  0 23:48"Реал Овьедо" — "Атлетико". Таркиблар маълум  2 23:39Стефан Чинеду: "Тўпурарлик учун курашаман, энг муҳими, жамоам ғалабаси"  0 23:22Станислав Кудряшов: "Биринчи бўлимни ёмон бошладик. Клубимиз ривожланишнинг янги йўлини танлади"  1 23:09"Ал Файха" — "Ал Насср". Таркиблар маълум  2 23:03Вадим Абрамов: "5 та турдан сўнг ким нималарга қодирлиги кўринади"  3 22:20Суперлига. "Нефтчи" – "Машъал" 3:0  2 22:18Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Вильярреал"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Ямалдан хет-трик  44 22:10АПЛ. "Ливерпуль" ва "Вест Хэм" ўртасидаги ўйинда 7 та гол урди  3 22:03Ислом Исмоилов: "Марушич ҳам, Перица ҳам юқори даражадаги ҳужумчилар"  6 21:28Игорь Суров: "Нефтчи" футболчиларининг маҳорати ўз сўзини айтди  2

APL. Husanov va Holandsiz o'ynagan "Manchester Siti" mehmonda "Lids"ni qiyinchilik bilan mag'lub etdi Yangiliklar

APL. Husanov va Holandsiz o'ynagan "Manchester Siti" mehmonda "Lids"ni qiyinchilik bilan mag'lub etdi

"Shaharliklar" chempionlik, "Lids" esa Chempionshipga tushib ketmaslik uchun kurashni davom ettiradi.

APL. "Lids" — "Manchester Siti" 0:1

Gollar: 45+2 - Antuan Semeno

"Lids": 26. Karl Darlou, 2. Jeyden Bogl (7. Deniel Jeyms, 76'), 6. Jo Rodon (15. Yaka Biyol, 87'), 5. Paskal Stryoyk, 3. Gabriel Gudmundsson, 24. Jeyms Jastin (10. Joel Piroe, 87'), 18. Anton Stax, 4. Itan Ampadu, 44. Iliya Gruev (29. Vilfred Nonto, 76'), 11. Brenden Aaronson (14. Lukas Nmecha, 65'), 9. Dominik Kalvert-Lyuin.

Zaxira: 1. Lukas Perri, 23. Sebastian Bornau, 8. Shon Longstaff, 22. Ao Tanaka.

"Manchester Siti": 25. Janluiji Donnarumma, 27. Mateus Nunes, 21. Rayan Ait-Nuri, 33. Niko O'Rayli (4. Teyani Reynders, 71'), 15. Mark Gexi, 3. Ruben Diash, 42. Antuan Semeno, 20. Bernardu Silva, 16. Rodri, 7. Omar Marmush (26. Savio, 68'), 10. Rayan Sherki (6. Natan Ake, 87').

Zaxira: 1. Jeyms Trafford, 5. Jon Stounz, 45. Abduqodir Husanov, 11. Jeremi Doku, 14. Niko Gonsales, 47. Fil Foden.

Ogohlantirishlar: 85 - Janluiji Donnarumma, 90+2 - Savio, 90+2 - Rayan Ait-Nuri


90+7. O'yin yakunlandi!

90+3. Oxirgi daqiqalar asabiy o'tmoqda. Buni "shaharliklar" posboni, himoyachisi va hujumkor yarim himoyachisi sariq kartochka olganidan bilish mumkin.

90. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shib berildi.

88. Yaka Biyol maydonga tushishi bilanoq bosh bilan darvozaga zarba berdi, salgina aniqlik etishmadi...

80. "Lids" so'nggi daqiqalarda faollashmoqda. 

78. O'yin tempi tushgan vaqtda qiziq fakt: ayni vaqtda bahor fasli kirib keldi. Faslning ilk oyi - martda "Man Siti" 6 ta o'yin o'tkazishi rejalashtirilgan. Ularning 2 tasi "Real Madrid"ga, 1 tasi esa "Arsenal"ga qarshi o'tkazadi. Ajoyib oy.

72. Dahshat vaziyat! Geyxining bosh bilan bergan zarbasini Darlou arang qaytarib yubordi...

71. Semenodan xavfli zarba! Uning tepgan to'pi yo'l-yo'lakay rekoshetga uchrab maydonni tark etdi.

71. Har ikki jamoa safida ham qator o'zgarishlar amalga oshirildi.

64. O'yin ancha sokinlandi. "Lids" ham oldinga o'tmay qoldi. Endi o'zgarishlar boshlansa kerak tarkibda.

62. Diashning uzatmasidan so'ng Marmush to'pni darvozaga yo'naltirdi, ammo bu zarba aniq bo'lmadi.

53. Sherkining o'ng qanotdan uzatib bergan to'pini Marmush darvozaga yo'lladi, birozgina noaniq bo'ldi.

50. Gudmundssonning tepgan to'pi noaniq ketdi.

49. Kalvert-Lyuin o'ziga uzatib berilgan to'pni to'g'rilab olib, darvoza tomon tepdi, Nunes oyoqlari bilan qaytarib yubordi!

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

O'yinning dastlabki bo'limi statistikasi:

To'p nazorati - 24% - 76%

Darvoza tomon zarbalar - 8 - 4

Aniq zarbalar - 2 - 4

Burchak zarbalar - 2 -2

Uzatmalar aniqligi - 74% - 92%

Golli vaziyatlar - 2 - 3

45+3. Birinchi bo'lim yakunlandi.

45+2. GOL! Semeno hisobni ochdi! Ayt-Nurining uzatmasidan so'ng Antuan to'pni darvozaga kiritdi!

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

42. O'Rayli o'ziga uzatib berilgan to'pni ajoyib tarzda Marmushga to'g'rilab berdi, biroq Omar darvoza tomon zarba bera olmadi. 

41. Bo'lim so'nggida ustunlik "shaharliklar"ga o'tib ketdi.

40. Yana zarba "Siti"dan! O'Raylining tepgan to'pini Darlou ajoyib tarzda qaytardi!

40. "Man Siti" va nihoyat darba bedi. Marmushning tepgan to'pini darvozabon qaytardi.

39. Aaronson darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borib zarba berdi, Janluji to'pni qaytardi!

32. "Man Siti" nazoratni o'ziga olishga intilmoqda. Biroq hujumlarda xavf, o'yinda fayz ko'rinmayapti. 

23. Bugun manchesterliklar himoyasi zaif ko'rinmoqda. Balki 2-bo'limda Husanovni ko'rarmiz maydonda?

21. Ayt-Nuridan xato! Aaronsonning darvozaga yaqin masofadan bergan zarbasi aniq bo'lmadi... Juda yaqin kelgandi golga "Lids".

18. Jastinning uzoq masofadan bergan zarbasini Donnarumma qaytardi!

13. Iftor vaqti kelgani bois ro'za tutgan futbolchilar suv ichib, og'izlarini "ochib" olishdi.

8. Semeno qulay vaziyatga chiqib borib zarba berdi, biroq noaniq bo'ldi. Qo'shimchasiga bu holatda o'yindan tashqari vaziyat bo'lgan ekan.

5. Yana mezbonlardan hujum. Bu safar to'pni darvozaga yo'llaydigan futbolchi topilmadi...

4. "Lids" o'yinni faol boshladi. Kalvert-Lyuinga uzatib berilgan to'pni u darvozaga aniq yo'naltira olmadi.

1. O'yin boshlandi!

- Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni APL doirasidagi "Lids" — "Manchester Siti" uchrashuvining matnli translyaciyasiga taklif etamiz!

Reyting: +3   

Fikrlar

+2   
01 mar 00:18:29
Haqiqat-2
Мавзудан ташқари: энди Эрон ўзини тиклолмаса керак. ЖЧдан четлатилиши мумкин. Чемпионати ҳам тўхтади. Остон, Одил, Рустам, Игор контрактларини узиб, Ўзб.га қайтишсин. ПФЛ эса уларга имкон бериши шарт, келишган жамоаларига заявка қилсин.
   
01 mar 00:05:05
Azizbek Rustamovich
leva 8989 foydalanuvchining fikriga javob berish
Jami 28 ta jamoaga muxlismisiz...qizdiring....
Yo‘q. Kuchli beshlikni to‘rttasida sevimli jamoalarim bor bor. Eng birinchi Milan, keyin Barsa, Monako, Lids. Sitiga esa Husanov borligi uchun muxlisman. Men futbolga 2002-yil qiziqganman. O‘shanda Milan va Lidsga muxlis bo‘lganman. Ronaldino kelgach Barsaga, 2004-yil chl o‘yinlaridan so‘ng Monakoga muxlis bo‘lganman. O‘zbekistonda Neftchiga.
   
01 mar 00:02:23
barselona7
0-1 хавфли ҳисоб.
   
28 fev 23:48:30
leva 8989
Azizbek Rustamovich foydalanuvchining fikriga javob berish
Omad Sitiga. Bu yil APLni Siti olishiga tilakdoshman. Vatandoshimiz APL chempioni bo‘lsin. Bo‘lganda ham shunchaki o‘yinchi sifatida emas, asosiy qurollardan biri bo‘lib chempion bo‘lsin. Men aslida Sitidan ko‘ra Lidsga muxlisman. Angliyada eng sevimli jamoam Lids. Lekin Lids baribir chempion bo‘lolmaydi. Shunday ekan vatandoshimizga nasib qilsin g‘alaba. vatandoshimiz tarihda ilk bor kuchli beshlikni eng kuchli ligasida chempion bo‘lsin.
Jami 28 ta jamoaga muxlismisiz...qizdiring....
   
28 fev 23:38:32
Музаффар Махмудов
Барса1970 foydalanuvchining fikriga javob berish
29 феврал Ҳусановнинг тўғилган куни шунда бугун тўғилган куни бўладима эртагами
Унда яна икки йилдан кейин нишонларкан)))))
   
28 fev 23:36:30
Аббосхужа
Baxtiyor Berdiyev foydalanuvchining fikriga javob berish
Qaysi kanalda bo'ladi
Setanta sports 1. дан олиб беряпти.
   
28 fev 23:30:14
MIRZAYEV O'KTAMJON
Baxtiyor Berdiyev foydalanuvchining fikriga javob berish
Qaysi kanalda bo'ladi
Setantadan
   
28 fev 23:22:36
Po'latjon Mullaboyev
Барса1970 foydalanuvchining fikriga javob berish
29 феврал Ҳусановнинг тўғилган куни шунда бугун тўғилган куни бўладима эртагами
Бугун хам эртага хам бўлаверади ўзи хохласа.
Тўғрироғи эртага бўлса керак
   
28 fev 22:59:47
Zohidjon Usarov
Холланд захирада хам йукку.
   
28 fev 22:54:10
Azizbek Rustamovich
Omad Sitiga. Bu yil APLni Siti olishiga tilakdoshman. Vatandoshimiz APL chempioni bo‘lsin. Bo‘lganda ham shunchaki o‘yinchi sifatida emas, asosiy qurollardan biri bo‘lib chempion bo‘lsin. Men aslida Sitidan ko‘ra Lidsga muxlisman. Angliyada eng sevimli jamoam Lids. Lekin Lids baribir chempion bo‘lolmaydi. Shunday ekan vatandoshimizga nasib qilsin g‘alaba. vatandoshimiz tarihda ilk bor kuchli beshlikni eng kuchli ligasida chempion bo‘lsin.
   
28 fev 22:43:23
Baxtiyor Nazarov
Live ball da jonli efir
   
28 fev 22:39:28
Барса1970
29 феврал Ҳусановнинг тўғилган куни шунда бугун тўғилган куни бўладима эртагами
   
28 fev 22:31:31
Baxtiyor Berdiyev
Qaysi kanalda bo'ladi
   
28 fev 22:31:22
Baxtiyor Berdiyev
Qaysi kanalda bo'ladi
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика