Pro ligada 5-o'rin uchun ham kurash kechadi
26 fev 19:34
Yangiliklar
Avvalroq unda 14 ta klub ishtirok etib, ularning har biri ikki davra davomida 26 tadan o'yinda maydonga tushishi malum qilingandi.
Pro liga reglamentiga ko'ra, musobaqa g'olibi Superligaga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmani qo'lga kiritadi. Qolgan yarimta o'rin uchun esa yakunda 4 ta klub kurash olib borishi belgilab qo'yilgan. Yani, musobaqa yakuniga etgach, 2, 3, 4, 5-o'rin egalari pley-off bosqichi doirasida maydonga tushadi. Bu o'z o'zidan 5-yo'llanma uchun ham kurash kechishini bildiradi. Boisi, mavsumni 5-o'rinda yakunlagan klubda ham nazariy jihatdan Superligaga yo'l olish imkoniyati saqlab qolinadi.
Mavsumning so'nggi — 26-tur o'yinlari 7-8 noyabr kunlariga to'g'ri keladi. 9-17 noyabr sanalari FIFA kunlari sifatida belgilab qo'yilgan. Shundan kelib chiqib, pley-off bosqichining birinchisi 24-25 noyabr kunlari o'tkaziladi. So'nggi uchrashuv esa 5 dekabrga to'g'ri keladi. Qayd etish kerak, 12 dekabr sanasida Superligaga o'tish o'yini o'tkaziladi.
Pley-off bosqichida mavsumni nisbatan yuqoriroq o'rinda yakunlagan klubning imkoniyatlari biroz yaxshiroq bo'ladi. Yani, Pro liganing ikkinchi jamoasi bitta o'yindan iborat pley-offning ilk bosqichida 5-o'rindan joy olgan klubni o'z maydonida qabul qiladi. Musobaqani 3-o'rinda tugatgan klub esa o'z uyida Pro liganing to'rtinchi klubi bilan bellashadi. Har ikki o'yin g'oliblari Superliga o'tish o'yinida o'ynash imkonini beruvchi yo'llanma uchun o'zaro kurashadi. Hal qiluvchi bellashuv ham mavsumni nisbatan yuqoriroq o'rinda yakunlagan klub maydonida bo'lib o'tadi.
Pro liga va Birinchi liga o'rtasidagi holat sport emas, hozircha licenziyalash principiga ko'ra tartibga solinadi. Yani, mavsum davomida Pro liga talablarini ehtimoliy bajara olmaydigan klub egallagan o'rniga qaramay, musobaqa bilan xayrlashadi. Birinchi liga ishtirokchilari orasidan ham Pro liganing yangi azosi xuddi shu ko'rinishda saralab olinadi. Pro liga reglamenti bilan mazkur havola orqali tanishib olishingiz mumkin.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ 1/8 финал босқичига қуръа ташланди: "Реал" яна "Сити" билан ўйнайди
Суперлига. "Пахтакор" ўз майдонида "Қизилқум"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" ўзини ўтиш ўйинларида ўйнашга мажбур қилган "Бенфика"ни мағлуб этиб, нимчорак финалга йўлга олди
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида "Сўғдиёна"ни тор-мор этди
Fikrlar
мавсум давомида Про лига талабларини эҳтимолий бажара олмайдиган клуб эгаллаган ўрнига қарамай, мусобақа билан хайрлашади. Биринчи лига иштирокчилари орасидан ҳам Про лиганинг янги аъзоси худди шу кўринишда саралаб олинади
Ming zoʻr oʻynaganing bilan uff dagi aqlillar boʻlmaydi desa pro ligada oʻynayolmaysilar
1 2 орин прямой суперга чикиш керак 4 билан 5 ютгани 3 билан ойнап унинг ютгани суперлигада шунака ойнап келган команда билан ойнаш керак. Мана нормальный регламент
Ғирт аҳмоқона режа.
Йил бўйи зўр ўйнаб иккинчи ўринни олган жамоа,плейофф га келиб асосий ўйинчиларини жароҳат ёки дисквлакация сабабли йўқотса ёки ўша пайтда ноқулай обхаво сабабли битта ўйинда бой бериб қўйса қаерда адолат