Superliga. "Buxoro" o'z maydonida "Qo'qon-1912"ni mag'lub etdi
27 fev 19:57
Yangiliklar
Superliga. "Buxoro" o'z maydonida "Qo'qon-1912"ni mag'lub etdi
Superliga
1-tur
"Buxoro" – "Qo'qon-1912" 1:0
Buxoro. "Buxoro FA" stadioni
Gol: Sherzod Esanov (Javohir Ro'ziev) 9'
Bosh hakam: Shavkat Nasibullaev
Yordamchi hakamlar: Amir Galeev, Daniil Yacenko
Zaxira hakami: Nurbek Sheraliev
Nazoratchi: Konstantin Smirnov
VAR: Ravshan Abduvohidov
AVAR: Zilola Rahmatova
Komissar: Qudrat Madraimov
"Buxoro": 12.Umid Hamroev, 2.Velko Filipovich, 6.Ravshan Xayrullaev, 7.Xurshidbek Muxtorov, 10.Shahzod Ubaydullaev, 17.Javohir Ro'ziev (21.Mixeil Basheleishvili, 79), 25.Sherzod Esanov, 27.Muhammad Yuldashev, 77.Asilbek Qayyumov (22.Asadbek Jo'raboev, 88), 88.Dominik Begich (78.Vladimir Rodich, 79), 97.Shahboz Jo'rabekov.
Zaxira: 1.Shirinboy Abdullaev, 4.Nodir Ahmadjonov, 5.Sardor Qulmatov, 8.Anvar Jo'raev, 11.Timur Mamasidiqov, 42.Kirill Todorov.
"Qo'qon-1912": 13.Azizxon Isaqov, 4.Asliddin Toshtemirov, 6.Alisher Salimov, 7.Javohir Sidiqov (9.Javohir Husanov, 67), 8.Shota Gvazava (21.G'ulomhaydar Gulyamov, 83), 10.Shohruh Gadoev (11.Silvanus Nimeli, 72), 19.Shahzod Akramov, 20.Iqbol Malikjonov (69.Egor Kondratyuk, 83), 22.Toma Tabatadze, 44.Andro Giorgadze, 99.Muhammadanas Hasanov (17.Farhod Sohibjonov, 67).
Zaxira: 1.Rustam Nortojiev, 5.Jasur Yoqubov, 15.Zafar Hakimov, 18.Muhriddin Pazildinov.
Ogohlantirishlar: Shahzod Akramov (36), Dominik Begich (73).
MATNLI TRANSLYACIYA
Bahs yakunlandi!
90. Ikkinchi taymga 3 daqiqa qo'shib berildi.
89. Uuux! Giorgadzening bosh bilan bergan zarbasiga aniqlik etishmadi.
88. "Buxoro"da o'zgarish: Qayyumov o'rniga Jo'raboev bahsni tugatib qo'yadi.
85. To'p "Buxoro" vakilining qo'liga tekkan bo'lishi mumkin, qo'qonliklar etiroz bildirmoqda.
83. "Qo'qon-1912"da 2 ta o'zgarish: Gvazava o'rniga Gulyamov, Malikjonov o'rniga Kondratyuk tushirildi.
80. Endigina o'yinga qo'shilgan Rodich maydonga yotibdi. U Toshtemirov bilan turtilib ketgandi.
79. "Buxoro"da 2 ta almashtirish: Begich o'rniga Rodich, Ro'ziev o'rniga Basheleishvili maydonga tushdi.
76. Ro'zievning oyoqlari tomirib tortishib qoldi, hakam uning holi bilan tanishdi.
75. Uchrashuvni tomosha qilish uchun 4200 nafar muxlis kelgani malum bo'ldi.
73. Begich Salimovga nisbatan qo'pol harakat qildi va sariq kartochka oldi.
72. "Qo'qon-1912"da almashtirish: Gadoev o'rniga Nimeli bahsni davom ettiradi.
69. Velko Filipovich burchakdan oshirib berilgan to'pni darvozaga to'g'ri yo'naltira olmadi.
67. "Qo'qon-1912"da 2 ta o'zgarish: Hasanov o'rniga Sohibjonov, Sidiqov o'rniga Husanov tushirildi.
63. Toshtemirov chalqancha uslubda zarba berib ko'rdi, ammo to'p raqib himoyachisidan maydonni tark etdi.
57. Yuldashev Salimov bilan havodagi to'p uchun kurashdi va biroz jabrlandi.
54. Begich va Gvazava jarima maydonchasi ichida to'qnashib ketdi. Mezbonlar vakili o'rnidan turishiga bosh hakam ko'maklashib yubordi.
51. Zarba! Ubaydullaevning zarbasi ancha noaniq ko'rinish kasb etdi.
48. Uuux! Qanday vaziyat! Salimovning havodan oshirgan qulay pasidan keyin Sidiqov muvaffaqiyatli zarba berolmadi, to'p darvozabonga ancha sekin bordi.
47. Zarba! Shohruh Gadoevning yaqin masofadan bergan zarbasiga aniqlik etishmadi.
46. Ikkinchi taym boshlandi!
45. Hakam birinchi taymga vaqt qo'shmadi va jamoalar tanaffusga yo'l olishdi.
42. "Qo'qon-1912" jamoasi qulay fursatni izlagan holda to'pni o'zida ushlab turibdi.
39. Zarba! Tabatadze olisdan darvozani nishonga olishga urinib ko'rdi, Hamroev to'pni egallab oldi.
36. Shahzod Akramov fol ishlatgani uchun ogohlantirildi.
32. Alisher Salimovning havolatib uzatgan pasi himoyachilar tomonidan uzoqlashtirildi.
28. Zarbaa! Qayyumovning zarbasi yo'l-yo'lakay mehmonlar vakiliga tegib yo'nalishini o'zgartirdi, burchak zarbasi.
27. Gvazavaning havolatib amalga oshirgan va yaxshi o'ylangan pasiga Akramov etib borolmadi, to'p maydonni tark etdi.
23. Uuux! Hasanovning zarbasi darvozabon tomonidan qaytarildi, qaytgan to'pga ega chiqqan Gadoev yana zarba berdi, biroq Hamroev to'pni ushlab oldi.
22. Xayrullaev ortdan turib Hasanovga nisbatan qoidani buzdi.
21. Zarbaaa! Tabatadzening erlatib bergan zarbasini Hamroev qaytardi.
17. Akramovning yon chiziqdan Hasanov tomon uzatgan to'pi maydon tashqarisiga chiqib ketdi.
14. Alisher Salimov mezbonlar sardori Muxtorov bilan biroz tortishib ketdi, hakam vaziyatga aralashdi.
9. GOL! Mavsumning ilk golini Sherzod Esanov urdi! U Ro'ziev tomonidan burchakdan oshirib berilgan to'pni bosh bilan darvozaga kiritdi!
7. Uuux! Asilbek Qayyumovning kuchli zarbasini himoyachilar bartaraf etishdi.
5. Zarba! Esanovning zarbasidan so'ng Isaqov to'pni qaytardi, ammo ofsayd borligi malum qilindi.
2. Zarba! Jo'rabekovning uzatmasidan so'ng Ubaydullaev noaniq zarba yo'lladi.
1. Bahs boshlandi!
- Uchrashuv 18:00 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Навбаҳор" сафарда "Пахтакор"ни мағлуб этди
Суперлига. "Нефтчи" "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Искандеров ўйинни ҳал қилди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Fikrlar