Gvardiola - APLda fevral oyining eng yaxshi murabbiyi
13 mar 17:15
Yangiliklar
Gvardiola - APLda fevral oyining eng yaxshi murabbiyi
U fevral oyini mag'lubiyatsiz o'tkazdi. Bu uning so'nggi to'rt yildan ortiq vaqt ichidagi ilk g'alabasi bo'ldi.

Pep Gvardiola eng yaxshi murabbiy uchun beriladigan sovrinni 12-marta qo'lga kiritib, bu ko'rsatkich bo'yicha ser Aleks Fergyuson (27) va Arsen Vengerdan (15) keyin uchinchi o'rinni egalladi. "Shaharliklar" ustozi "Everton" murabbiyi Devid Moyesdan (11) bittaga oldinlab ketdi.
Oyni "Tottenxem"ga qarshi durang bilan boshlagan Gvardiola fevral oyida "Manchester Siti"ni ligada eng yuqori — 13 ochko jamg'arishga olib keldi. Bu "Liverpul", "Fulxem", "Nyukasl" va "Lids Yunayted"ga qarshi g'alabalar evaziga amalga oshdi.
G'oliblik uchun ispaniyalik mutaxassisdan tashqari Kit Endryus ("Brentford"), Maykl Kerrik ("Manchester Yunayted") va Arne Slot ("Liverpul") kurash olib borgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди
Fikrlar