So’nggi yangiliklar

02:41А Серия. Сўнгги дақиқаларда пенальтидан гол ура олмаган "Ювентус" очко йўқотди  0 01:50Чемпионлик учун имкониятлар тугади: "Челси" бир қанча ёмон натижалар қайд этди  1 01:32Лиам Росеньор: "Челси" жуда осон голларни ўтказиб юборяпти"  2 01:00"Манчестер Юнайтед" Каземирога шартнома таклиф қилди, бироқ...  0 00:38Бундеслига. "Боруссия" Д суперкамбэк амалга оширди  0 00:23АПЛ. "Челси" осмонида қора булутлар: Росеньор жамоаси Ливерпулда йирик ҳисобда ютқазди  18 23:39Венсан Компани: "Рекордни янгилаймиз, деб ўйлайман. Лекин менга бу қизиқ эмас"  3 23:02Арне Слот: "Одамлар бизнинг қимматга футболчилар олиб келганимизни гапиришяпти"  6 22:35"Яйпан" дастлабки уй ўйинларини бошқа стадионда ўтказади  2 22:16"Сўғдиёна" бош мураббийи истеъфога чиқарилиши мумкин  9 22:11"Бавария" ўз рекордини янгилашга яқин  5 21:35Ўзбекистон терма жамоаси эртадан йиғинга киришади  10 21:34Бундеслига. "Бавария"да йирик ғалаба, "Байер" ғалабани қўлдан чиқарди  0 21:12Эртадан Ўзбекистон кубоги старт олади  1 21:00Клублар рейтинги. Мингталикдан Ўзбекистоннинг икки клуби ўрин олди, улар орасида "Пахтакор" йўқ  19

ECHL. "Nyukasl" "Kamp Nou"da zor yig'lagan kecha yoxud "Barselona" chorak finalda! Yangiliklar

ECHL. "Nyukasl" "Kamp Nou"da zor yig'lagan kecha yoxud "Barselona" chorak finalda!

Chempionlar Ligasi 2025/2026 yilgi mavsumi 1/8 finalidan o'rin olgan uchrashuv yakunlandi.

ECHL. "Barselona" — "Nyukasl" 7:2  (Birinchi o'yin 1:1)

Gollar: 6, 72 - Rafinya, 15, 28 - Entoni Elanga, 18 - Mark Bernal, 45+7 - Lamin Yamal, 52 - Fermin Lopes, 56, 61 - Robert Levandovski

"Barselona": 13. Joan Garsiya (25. Voycex SHHensni, 82'), 2. Joau Kanselu (42. Xavi Espart, 66'), 5. Pau Kubarsi, 18. Jerard Martin, 24. Erik Garsiya (4. Ronald Arauxo, 21'), 22. Mark Bernal, 8. Pedri, 10. Lamin Yamal, 16. Fermin Lopes (20. Dani Olmo, 67'), 11. Rafinya, 9. Robert Levandovski (7. Ferran Torres, 66')

Zaxira: 31. Diego Kochen, 36. Alvaro Kortes, 6. Gavi, 14. Markus Rashford, 17. Mark Kasado, 28. Runi Barji, 43. Tommi Markes

"Nyukasl": 32. Aaron Ramsdeyl, 2. Kiran Tripper (21. Tino Livramento, 46'), 12. Malik Tshau, 33. Den Byorn, 3. Lyuis Xoll, 7. Joelinton (4. Sven Botman, 64'), 8. Sandro Tonali (28. Jo Uillok, 56'), 41. Jeykob Remsi, 11. Xarvi Barns, 10. Entoni Gordon (18. Uilyam Osula, 82'), 20. Entoni Elanga (23. Jeykob Myorfi, 64')

Zaxira: 1. Nik Poup, 26. Jon Raddi, 58. Eydan Xarris, 37. Aleks Myorfi, 9. Yoan Vissa, 27. Nik Voltemade, 62. Shon Niv

Ogohlantirishlar: 17 - Joelinton, 44 - Pau Kubarsi, 45+5 - Kiran Tripper, 60 - Jo Uillok


90. O'yin yakunlandi.

90. Arauxo boya boshidan kuchli zarba qabul qilib olgandi, jarohat olgan bo'lishi mumkin.

90. Uillokning zarbasi aniq bo'ldi, SHHensni qaytardi.

89. Barnsning bosh bilan bergan zarbasi noaniq bo'ldi.

88. Angliyaliklar hujum tomonlarda nimadirlar qilish uchun yurishibdi, ammo befoyda.

82. Haa, "Barselona"ning asosiy darvozaboni o'zgartirilmoqda.

81. Ie, ana. Joan Garsiya jarohat olgan bo'lishi mumkin...

80. Va nihoyat "Nyukasl" olinga o'tdi. Uzoqdan berilgan zarba aniq bo'ldi, ammo Garsiya o'z o'rnida!

79. Yamal yaqin masofadan zarba berdi, Ramasdeyldan seyv!

78. Ferran o'ziga uzatilgan to'pni to'g'rilab olib tepmoqchi bo'ldi, biroq o'xshamadi.

73. Flik "Bavariya"da "Barselona"ga qarshi o'yinda qilgan ishini endi "Barsa" safida qilish arafasida turibdi.

72. GOL! Rafinyadan dubl! Raqib xatosidan so'ng to'p braziliyalik futbolchiga kelib tushdi, uning zarbasi aniq bo'ldi.

70. O'yin to'liq "Nyukasl" darvozasi joylashgan tomonda bo'lmoqda.

64. Ikkinchi bo'limdan angliyaliklar safida hech nima o'xshamayapti. Shunchaki, hech narsa.

63. "Nyukasl" zaxiradan futbolchilarni tashlamoqchi o'yinga. Bu APLga asosiy futbolchilarini asrab qolish uchun bo'lsa kerak)

61. GOL! Levandovskidan dubl! Yamal ajoyib pas bilan to'pni Levaga uzatdi, u xotirjam tarzd darvozani ishg'ol qildi!

58. Bilasizmi, "Nyukasl" ikkinchi bo'limga tushmagandek go'yo. O'tgan 13 daqiqada hech narsa qila olishmadi.

56. GOL! "Barsa" chorak finalga chiqdi! Burchakdan uzatilan to'pni Leva boshi bilan darvozaga kiritdi!

54. Tonali jarvohat olgan bo'lishi mumkin, unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

53. Endi qiyin "Nyukasl"ga ikki to'p farqini bartaraf qilish.

52. GOL! Fermin Lopes hisobni ikkitaga oshirdi! Rafinya Lopesni darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqarib yubordi, Fermin darvozani ishg'ol qildi.

50. Rafinyaning yaqin masofadan bergan zarbasi kuchsiz chiqdi.

48. Bo'limni "Barsa" faollik bilan boshladi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

O'yinning dastlabki bo'limidan keyingi statistika:

To'p nazorati - 56% - 44%

Darvoza tomon zarbalar - 9 - 4

Aniq zarbalar - 5 - 3

Burchak zarbalari - 5 - 1

Uzatmalar aniqligi - 81% - 71%

Seyvlar - 1 - 2

45+8. Gollarga boy bo'lgan birinchi bo'lim yakunlandi.

45+7. GOL! Yamal penaltidan gol urdi!

45+5. Penalti belgilandi va sariq kartochka Tripperga.

45+4. Bosh hakam o'zi borib ko'radigan bo'ldi VARni. 

45+3. Rafinya jarima maydonchasida yiqitildi, bosh hakam penalti belgilamadi. Holat VARda ko'rilmoqda.

45+1. Yamal hujumni boshladi, Rafinya darvozaga zarba berdi, qaytgan to'pni Lamin bo'sh qolgan darvozani ishg'ol eta olmadi! 

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

43. "Nyukasl" qarshi hujumga qochib ketdi, Xoll jarima maydonchasiga kirib to'pni uzatdi, biroq to'p Garsiyaga kelib tushdi.

43. Yana bir zarba Levandovskidan, to'pni Ramsdeyl ushlab oldi.

40. Qanday qilib? Qanday? Leva? Rafinya va Leva "ikkiga bir" chiqib ketdi, braziliyalik forvard polshalik hujumchiga to'pni uzatdi, Robert bemalol o'ziga to'g'rilab turib zarba berdi, himoyachi va darvozabon esa to'pni qaytardi...

34. "Nyukasl" zo'r kombinaciyalar uyushtirmoqda. Ammo qanaqadir bir pallada "Barsa" futbolchilari qaytarib qolishyapti.

32. Gordon birga-bir vaziyatda gol ura olmadi. Biroq ushbu vaziyatda o'yindan tashqari holat borligi malum bo'ldi.

30. Uchinchi marta barchasi qaytadan boshlanadi bu qarama-qarshilikda.

29. Yana xavfli hujum mehmonlardan! Gordon o'ziga uzatilgan to'pni darvozaga yo'lladi, biroq noaniq bo'ldi.

28. GOL! Elangadan dubl! Yamal to'pni oldirib qo'ydi, Barns Arauxoning oyoqlari orasidan o'tkazib, to'pni markazga uzatdi, Entoni esa bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qild!

23. Rafinyaning burchakdan uzatgan to'pini Arauxo boshi bilan darvozaga yo'lladi, biroq noaniq.

21. Ie, Arauxo maydonga tushmoqchi. Erik Garsiya katta ehtimol bilan negadir maydonni tark etmoqda. 

20. Xo'o'o'sh, yanada qiziyapti o'yin. Tezkor gol va tezkor javoblar.

18. GOL! Bernal hisobni yana oshirdi! Rafinya jarima zarbasidan to'pni Martinga uzatdi, u boshi bilan to'pni Markka tashladi va Bernal boshi bilan gol urdi!

17. Kataloniyaliklar yana oldinga o'tmoqda. Hammasi qaytadan boshlanadi yana.

15. GOL! Elanga hisobni tenglashtirdi! Xoll chapdan oldinga o'tib, to'pni Entoniga uzatdi, uning zarbasi esa aniq bo'ldi!

14. "Barsa" gol urgach ikkala tomondan ham aytarli xavfli hujum ko'rmadik.

8. Yana oldinga o'tmoqda "Barsa", bu safar Ferminning o'zi darvozabonga qarshi chiqib bordi, Ramsdeyl yaxshi harakat qildi.

7. "Nyukasl" tezkor gol o'tkazib yubordi, buyog'iga qanday yo'l tutishi qiziq.

6. GOL! Rafinya hisobni ochdi! Yamal markazdan oldinga yurish qilib to'pni avval Rafinyaga, u esa Ferminga uzatdi, u yana qayta Rafinyaga, braziliyalik futbolchining zarbasi aniq bo'ldi.

5. Endi sekin-asta "Barsa" oldinga o'tmoqda, Rafinya yurish qilib, markazga to'pni uzatdi, biroq egasigacha etib bormadi.

3. Birinchi zarba Byorndan, Garsiya to'pni ushlab oldi.

2. Ilk daqiqalardan angliyaliklar faol boshladi. Hujumlar bo'lmoqda, biroq xavfli tus olmayapti.

1. O'yin boshlandi!

- Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni ECHL 1/8 finalidan o'rin olgan uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishga taklif etamiz.

Reyting: +16   

Fikrlar

+31   
18 mar 23:44:21
N a r g i z a
Нега кизил бермади? Ахир кечагина Сити футболчисига кизил бердику? Барса шундогам уз кучи уйини билан ракибларини янчиб ташайди.
+26   
19 mar 00:12:16
Muslihiddin Fazliddinov
Oxoxoxoxoooo 6-2 tanish sharh el klassikoda mana bunaqa gol uriladi
+24   
19 mar 00:09:06
Java.FCB
Esinga tushvottimi xisob )) 5-2
+23   
19 mar 00:07:59
Alisher Jurayev
Issiq joyidan ma realchil gooooolllllllllll ! ! !
+22   
19 mar 00:07:57
Ixtiyor Sobirov
КАМП НОУ томидаги ОЛА-КАРГАЛАРНИ хайдаб юборинг Англияга.....Ха айтганча, ахлатини МАДРИД осмонларида тукиб кетишсин( хазил).
+21   
19 mar 00:27:16
А.Т.У
Қоччч Барсаа келябдии)
+20   
19 mar 00:27:03
Murod Karimberdiyev
Barselona muhlislarini yirik gʻalaba va keyingi bosqich bilan tabriklayman!
+20   
19 mar 00:22:53
Sh.
"Барса" "Spotify Camp Nou"да ажойиб статистика қайд этмоқда — 13 ўйин, 13 ғалаба (бугунгиси билан). Эътиборлиси шундан 9тасида йирик ғалаба қайд этди "Барса". Меҳмондаям шундай статистикага эришмоғимиз лозим ва лобуд!
+19   
19 mar 00:15:44
MENTAL!ST
Barselonaga hakam yordam beryapti deyayotganlar, hisobni ko'rib qo'ylaring. Hakam penalti bergandir, lekin qizil olib bermadi Barselona uchun. Real Madrid uchun esa 20-daqiqada penalti va qizil kartochka qilib berishdi. Madrid esa bir amallab 2:1 ga yutib oldi Sitini. Barselona esa 6 ta golni suqyapti 60-daqiqada. O'rinlaringni bilib yurlaring. Barselonadan 5 talab yeb yurganlaring eslaringdan chiqib ketdimi? Hukmdorlaring kim ekanligini unutmalaring Madridvachchalar.
+17   
19 mar 00:11:30
Alisher Jurayev
Barsani himoyachilariyam birga bir chiqarvoradieeeeyyyyyyy !!! Obboooooooo BARSA eyyyyyyyyyyy !!!!
+9   
19 mar 01:11:39
سَرْدارْ
Payg'ambarimiz aytgan ekanlar Jannatga kirishni xoxlasang tilini tiy degan ekanlar. Batta xoxlagan narseni yozib ertaga estab chiqib ketadi deb o'ylayabsanmi. Aslida Nomai Amolinga to'ldirib yozyapsan Qiyomatta ochib o'qib beramiz xali
+9   
19 mar 00:49:55
Shuxrat Xalbayev
Shesnidan gol kutgandim ex shesni shesni qayerdagi turubinlar gol urib yurganda bilat dubul,xetriklarni qilib tashlamaydimi
+9   
19 mar 00:14:12
Alisher Jurayev
Barsa 6 tani nyukaslgamas realga urdiyovvvvvv !!!! ))))
+9   
18 mar 23:37:40
Abdukarim Shaymuratov
Neytral muxlislar uchun chiroyli o'yin bo'lyapti.. ( real muxlisi)
+8   
19 mar 01:04:39
Kross
SERGIO RAMOS foydalanuvchining fikriga javob berish
8:2 eslatiyaptimi
Keyingi bosqichda o‘z tanangda xis qilasan 8-2 ni. Nega realchilar Bavariyaniki ushlab siyadi. Qani, sen ko‘rganmisan Real Barsaga beshta gol urganini. Men bunaqa xisoblarni ko‘rganman Barsa ijrosida., 6-2,5-0,5-1,5-2.... O‘z ko‘zlarim bilan ko‘rgan o‘yinlarim bular el klassikolarda
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика