So’nggi yangiliklar

19:43Слотнинг кетиш вақти келдими? "Ливерпуль" сўнгги уч ўйинида иккинчи марта мағлуб бўлди  8 19:15Португалия ва Колумбия ЖЧ-2026 учун мўлжалланган либосларини тақдим этди  4 18:54Пеп Гвардиола финал олдидан қандай фикрда?  1 18:40Япония - аёллар ўртасида Осиё кубоги ғолиби!  0 18:28Ўзбекистоннинг гуруҳдаги рақиблари ФИФА кунларида қайси жамоаларга қарши ўйнайди?  2 18:00ФИФА Нигериянинг эътирозини рад этди. Конго ДР Ўзбекистон билан бир гуруҳдан ўрин олиш учун курашади  1 17:47"Манчестер Юнайтед" ҳакамлик устидан шикоят киритмоқчи  2 17:27Альваро Арбелоа: "Тарихдаги энг яхши дарвозабон жароҳат олди. Лекин бизда яна бир фантастик кипер бор"  13 16:59Меҳмон стадионда мезбон: "Сўғдиёна" - "Пахтакор" учрашувидан ГАЛЕРЕЯ  0 16:29Габон термасининг Тошкент йиғини учун таркиби маълум қилинди  3 15:59Сўнгги дақиқадаги супергол, "Насаф"га қарши қуруқ ўйин ва бошқалар - Суперлигада 4-тур лауреатлари  4 15:40Тринидад ва Тобаго термасининг Тошкентга келадиган таркиби маълум қилинди  6 15:09Ўзбекистон терма жамоасининг март ойидаги йиғин учун таркиби эълон қилинди. Унда янги номлар ҳам бор  35 14:58Жейми Каррагер: "Артета Моуриньюга ўхшаб бормоқда"  8 14:28Ираола: "Биз ғалабага яқинроқ эдик"  0

Superliga. "Neftchi" zaxiradan tushganlarning samarali harakatlari evaziga "Lokomotiv"dan ustun keldi Yangiliklar

Superliga. "Neftchi" zaxiradan tushganlarning samarali harakatlari evaziga "Lokomotiv"dan ustun keldi

Superliga 4-turidan joy olgan uchrashuv poyoniga etdi.

Superliga 

4-tur

"Neftchi" – "Lokomotiv" 3:1 

Farg'ona. "Istiqlol" stadioni. 16:00

Gol: Ibrohimhalil Yo'ldoshev (Yovan Jokich) 11', Stipe Perica (Jamshid Iskanderov) 65', Alisher Odilov (Ratino) 88'  – Temurxo'ja Abduxoliqov penalti 36' 

Bosh hakam: Asker Najafaliev

Yordamchi hakamlar: Ruslan Serazitdinov, Baxtiyorxo'ja Shavkatov

Zaxira hakami: Asadbek Qosimjonov

VAR: Ilgiz Tantashev

AVAR: Andrey Capenko

Nazoratchi: Baxtiyor Namozov

Komissar: Sherzod Rajabov

"Neftchi": 1.Botirali Ergashev, 2.Izzatillo Po'latov, 5.Ikrom Aliboev (77.Ratino, 66), 6.Ibrohimhalil Yo'ldoshev (34.Farruh Sayfiev, 73), 7.Abrorbek Ismoilov, 8.Vladimir Yovovich (10.Jamshid Iskanderov, 46), 9.Xurshid G'iyosov (22.Alisher Odilov, 46), 20.Anvarjon G'ofurov, 21.Muhsinjon Ubaydullaev, 23.Yovan Jokich, 32.Zoran Marushich (18.Stipe Perica, 46).

Zaxira: 16.Ibrohim Shokirov, 11.Asilbek Jumaev, 14.Daler Tuxsanov, 15.Nurmuhammad Abdug'aniev.

"Lokomotiv": 1.Aleksey Kozlov, 9.Suhrob Nurulloev (7.Quvonchbek Abraev, 72), 11.Temurxo'ja Abduxoliqov, 14.Nikolay Ivanov, 15.Aleksandar Shushnyar, 17.Sardor Mirzaev (70.Muhammadali Reimov, 62), 18.Oleksandr Kucherenko, 23.Diyor Turopov (28.Shuhrat Muhammadiev, 62), 26.Abdulloh Yo'ldoshev, 33.Oleg Zoteev (10.Shodiyor Shodiboev, 86), 45.Yovan Nishich (8.Bilol Tupliev, 72).

Zaxira: 12.Nikita Shevchenko, 22.Sunnatilla Poyonov, 61.Nurlan Ibraimov, 99.Muhriddin Zoirov.

Ogohlantirish: Muhsin Ubaydullaev (34), Abrorbek Ismoilov (54), Stipe Perica (71). 


UCHRASHUV YAKUNLANDI! 

90. Ikkinchi taymga 6 daqiqa qo'shib berildi. 

88. GOL! Ratinoning pasidan keyin Odilov darvozabon bilan birga-bir holatda qoldi va mo'ljalda adashmadi — 3:1! 

86. "Lokomotiv"da o'zgarish: Zoteev o'rniga Shodiboev bahsni tugatib qo'yadi. 

85. Uuux! "Neftchi" qarshi hujumga o'tib ketdi. Yakunda Sayfievning pasidan so'ng "temiryo'lchilar" himoyachisi to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. 

83. "Lokomotiv" to'pga egalik qilgan holda hujumga shaylanmoqda. 

79. Po'latovga tibbiy yordam zarur, u maydonda yotibdi. 

73. "Neftchi"da o'zgarish: Yo'ldoshev o'rniga Sayfiev tushdi. 

72. "Lokomotiv"da 2 ta o'zgarish: Nurulloev o'rniga Abraev, Nishich o'rniga Tupliev bahsni davom ettiradi. 

71. Perica qoidani buzgani uchun sariq kartochka oldi. 

67. Zarba! Ismoilov trivela uslubida zarba yo'lladi va to'p himoyachilarga tegib qaytdi. 

66. "Neftchi"da o'zgarish: Aliboev o'rniga Ratino tushirildi. 

65. GOL! Jamshid Iskanderovning burchak zarbasidan oshirib bergan to'pini Stipe Perica bosh bilan darvozaga joylab qo'ydi — 2:1! 

62. "Lokomotiv"da 2 ta almashtirish: Mirzaev, Turopov o'rniga Reimov, Muhammadiev maydonga tushdi.  

60. Kucherenko "Loko" oldidagi xavfni bartaraf etib, to'pni tepib yubordi. 

56. Zarbaaa! Nurulloevning aqlli pasidan so'ng Ivanov zarba berdi, Ergashev to'pni qaytardi! 

54. Abror Ismoilov Zoteevga nisbatan qo'pollik ishlatdi va ogohlantirildi. 

51. Yo'ldoshev katta tezlikda oldinga o'tayotgan Odilovni o'z vaqti to'xtatib qoldi, himoyachi to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishga erishdi. 

47. Ibrohimhalil Yo'ldoshevga tibbiy yordam kerak. U Nishich bilan to'qnashib ketgandi. 

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

46. "Neftchi"da 3 ta o'zgarish: G'iyosov, Marushich, Yovovich o'rniga Odilov, Perica, Iskanderov tushirildi. 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob teng — 1:1. Tanaffus! 

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shildi. 

43. Qanday vaziyat! Aliboevning uzun pasidan keyin Ismoilov to'pni egallab, darvozabonni chetlab o'tdi, biroq yakuniy zarba ancha noaniq ketdi. 

41. Ubaydullaev Abduxoliqov bilan birga-bir qoldi va to'pga tashlanib uni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.  

40. Mehmonlar mezbonlardan bo'sh kelmagan holda omadini hujumdan izlamoqda.  

36. GOL! Tajribali hujumchi Temurxo'ja Abduxoliqov penaltini golga aylantirdi — 1:1! 

34. Penalti! Ubaydullaev Kucherenkoga nisbatan qoidani buzgani uchun penalti belgilandi va aybdorga sariq kartochka berildi. 

31. Uuux! Yo'ldoshevning yaqin masofadan yo'llagan zarbasini Ergashev bartaraf etdi! Qoyilmaqom seyv! 

28. Nurulloevning burchak zarbasidan oshirib bergan to'pini "Neftchi" azolari uzoqlashtirishdi. 

24. Zoteevning havolatib amalga oshirgan pasidan keyin yakunda Botirali Ergashev to'pni egallab oldi. 

20. Uuux! Nurulloevning burchak zarbasidan oshirib bergan to'pini Yo'ldoshev bosh bilan darvozaga yo'naltirdi. Xavfli, ammo noaniq. 

15. Ismoilovning pasidan so'ng Yovovich katta tezlikda ichkariga kirib bordi, biroq to'p uzoqlashib ketishi oqibatida unga darvozabon ega chiqdi. 

11. GOL! Ibrohimhalil Yo'ldoshev olis masofadan to'p kiritib, hisobni ochdi — 1:0! Fantastik zarba! 

9. Yo'ldoshev maydon markazida Nishichga nisbatan qoidani buzdi. 

6. Nurulloev maydonda yotibdi, G'ofurov jarima maydonchasi ichida uni yiqitgan bo'lishi mumkin. VAR vaziyatni tekshirdi va fol qayd etilmadi. 

3. Suhrob Nurulloev qanotdan ichkariga yorib kirishga urindi, ammo to'pni maydonda saqlab qola olmadi. 

1. O'yin boshlandi! 

- Bellashuv 16:00 da boshlanadi. 

Reyting: +10   

Fikrlar

+14   
20 mar 17:56:22
Po'latjon Mullaboyev
(Андижон мухлиси)
Нефтчи чемпион бўлишга арзийди
Халқаро майдонда хам уялтирмайди.
+10   
20 mar 18:07:55
Bek Bek
Xa Loko boshida yaxshi o'ynadi boshqalar aytganidek Neftchi Uxladi ) ammo 60 daqiqadan keyin Loko chuqur uyquga ketti )) G'alaba Muborak Fargonaliklarim
+10   
20 mar 17:59:18
Muhammad Umurzakov
Xamma loko lokolab tashaptiyu. Lekin xisob 3-1. Ortiqcha gapni keragi yo'q
+10   
20 mar 17:56:59
sss ddd
"Нефтчи"ни голлари билан очколари тенг кетяпти. Молодец "Нефтчи"
+9   
20 mar 17:59:26
Хонмирзо
Табриклайман фанатдошлар, Нефтчидан Рамазон ҳайит байрамига туҳфа!
Барчангизга яна бир бор ҳайит айёмингиз муборак бўлсин!
+9   
20 mar 17:53:45
Хонмирзо
Локони сохта мухлислари ичида сўкиниб сўкиниб ўйинни кўришни тўхтатишди))
Баракалла Нефтчи, давомий бўлсин!
+6   
20 mar 18:54:23
Акмал Аляров
Қани Энди локо ютади деб алжираетган пойабзал мойабзалар
+6   
20 mar 18:36:39
Хонмирзо
Мана шунақа. Нефтчи дарвозасига пенальти қўйилди, гол урилди. Якунда барибир Нефтчи ғалаба қозонди. Баъзи бировлар мабодо Нефтчи пенальтидан гол ўтказса ўзини ўнглолмайди деб юрибди. Кучли жамоа пенальти бермаса ҳам, ёки ўзини дарвозаси томон пенальти тепилиб гол урилса ҳам барибир ғалаба қозонаверади.
+6   
20 mar 17:53:28
Хонмирзо
Локони сохта мухлислари ичида сўкиниб сўкиниб ўйинни кўришни тўхташишди))
Баракалла Нефтчи, давомий бўлсин!
+6   
20 mar 17:50:02
Adis Azizxanov
Уйга бооооооооооор!!!
+5   
20 mar 18:22:20
Тохир Гайибов
Shodi Odilov foydalanuvchining fikriga javob berish
Уйин томондан локомотив анча кучли экан нефтчидан☝️
Ушанчун 3 та ебдида!
+5   
20 mar 18:07:44
Alexis Dan
Шодикул Одилов деган мактаб боласи нукул Нефтчига карши бир нималар деб вайсаб юради
+5   
20 mar 17:48:11
Alexis Dan
3:1 булди) ютиб кетдик
+5   
20 mar 17:32:08
Хонмирзо
Ҳа айнан бугун Локони «мухлислари» кўпайиб кетади. Кўрамиз охирида нима бўларкан, Олға Нефтчи!
+4   
20 mar 19:41:05
Ibragim Nishanov
K u r b o n o v foydalanuvchining fikriga javob berish
Тавба,бири Нефтчини ўйини зўр деса яна кимдир суст ўйнаяпти дейди,
Суст ўйнайдими ётиб ўйнайдими мухими ғалаба. Молодец Нефтчи. Андижон мухлиси.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика