So’nggi yangiliklar

20:08Футбол афсонаси Янги Каледонияни жаҳон чемпионатида иштирок этишга лойиқ деб ҳисоблайди  0 19:43Слотнинг кетиш вақти келдими? "Ливерпуль" сўнгги уч ўйинида иккинчи марта мағлуб бўлди  18 19:15Португалия ва Колумбия ЖЧ-2026 учун мўлжалланган либосларини тақдим этди  8 18:54Пеп Гвардиола финал олдидан қандай фикрда?  2 18:40Япония - аёллар ўртасида Осиё кубоги ғолиби!  0 18:28Ўзбекистоннинг гуруҳдаги рақиблари ФИФА кунларида қайси жамоаларга қарши ўйнайди?  2 18:00ФИФА Нигериянинг эътирозини рад этди. Конго ДР Ўзбекистон билан бир гуруҳдан ўрин олиш учун курашади  2 17:47"Манчестер Юнайтед" ҳакамлик устидан шикоят киритмоқчи  3 17:27Альваро Арбелоа: "Тарихдаги энг яхши дарвозабон жароҳат олди. Лекин бизда яна бир фантастик кипер бор"  21 16:59Меҳмон стадионда мезбон: "Сўғдиёна" - "Пахтакор" учрашувидан ГАЛЕРЕЯ  0 16:29Габон термасининг Тошкент йиғини учун таркиби маълум қилинди  3 15:59Сўнгги дақиқадаги супергол, "Насаф"га қарши қуруқ ўйин ва бошқалар - Суперлигада 4-тур лауреатлари  4 15:40Тринидад ва Тобаго термасининг Тошкентга келадиган таркиби маълум қилинди  6 15:09Ўзбекистон терма жамоасининг март ойидаги йиғин учун таркиби эълон қилинди. Унда янги номлар ҳам бор  37 14:58Жейми Каррагер: "Артета Моуриньюга ўхшаб бормоқда"  8

Jeymi Karrager: "Arteta Mourinyuga o'xshab bormoqda" Yangiliklar

Jeymi Karrager: "Arteta Mourinyuga o'xshab bormoqda"

Sobiq futbolchi Jeymi Karragerning fikricha, "Arsenal" ikki yil oldingidek emas.

"Arsenal" uzoq vaqtdan buyon tanqidlar ostiga olinayotgandi va ular bundan o'zlariga kela olishmayotgandi. Ular o'yin uslubini mazmundan, jismonan kuchli jamoalarga qarshi yumshoq o'ynashdan, Evropaning kuchli jamoalariga qarshi o'yinlarda mahorat etishmasligidan, eng muhimi - kerakli paytlarda ayyorlik orqali o'yinni boshqara olmaslikdan ko'p tanqid qilingandi.

Sovrinlar qo'lga kiritilmaganidan keyin bu gaplar negativ sifatida qabul qilindi va barchasini oyog'ini osmondan qilib yubordi.

Arteta uchun to'rt frontda yuqori intensivlikda kurashish muhimroq bo'lgan va u shu sababli uzoqni ko'ra oldi, shuningdek, jamoani qayta qurishda qo'rqmadi. Bu o'zgarishlar orqali men "Chelsi"dagi Joze Mourinyuni ko'ryapman. Neytral muxlislar orasida bu jamoalar unchalik negativ sifatida qabul qilinmaydi. O'sha paytdagi "Chelsi" kabi hozirgi "Arsenal" ham pragmatik bo'lishdan qo'rqmaydi, o'zining mustahkam himoyasiga qarab, titul uchun kurashadi. Bu orqali raqibga na taktik, na hujumkor kombinaciyali hujumlarga ham imkoniyat qoldirilmaydi", - dedi Karrager.

Reyting: +5   

Fikrlar

   
21 mar 18:43:45
MENTAL!ST
Jeymi Karrager ikkiyuzlamachi, trendda nima bo'lsa shuni gapiradigan odam. Futbolchilik faoliyatida ham qoyillatmagan, hozir o'zidan mutaxassis yasab olgan. Ertaga hamma Arsenalni yomonlasa u ham yomonlaydi, bugun hamma maqtasa, og'zini to'ldirib maqtaydi. Shuning uchunJeymi Karragerni futbol yulduzlari (Ronaldu, Messi) ham yoqtirmaydi.
   
21 mar 17:05:57
Sherzod
Nega zoʻr oʻynaganda gapirmagansan har gal 2 oʻrinlar olganda maqatmagansan zoʻr oʻynaganu
   
21 mar 17:05:57
Sherzod
Nega zoʻr oʻynaganda gapirmagansan har gal 2 oʻrinlar olganda maqatmagansan zoʻr oʻynaganu
   
21 mar 17:02:30
R_MA
Dilshod Bozorboyev foydalanuvchining fikriga javob berish
Shu gapiga nomaqulni nomini yebti, Arteta toʻgʻri yoʻlda, 4 ta musobaqada gʻoliblik uchun kurashayotgan har qanday jamoa tejamkor taktik fudbol koʻrsatadi. Chunki kuchni toʻgʻri taqsimlash asosiy planga chiqadi. Maurinyo umuman boshqacha murabbiy, Artetaga Maur darajasiga yetishiga hali ancha bor. Karrager shunchaki Arteta qoʻl ostidagi Arsenalni bu mavsumidan huloda qilyapti, oʻtgan mavsumlar sovrin yutmasa ham Arsenal chiroyli, hujumkor oʻyin koʻrsatgan. Bir mavsumni yarmini natija uchun oʻynasa oʻynabtida.
Lekin tan olish kerak bu mavsum Arsenalni kamida 5 oʻyinini koʻrgan odam biladi ulardan Xozirda Atletiko ham ochiqroq oʻynayapti!!!!
   
21 mar 16:45:53
Мансур Исмаилов
Арсенал бамисоли Лестер каби барча рақиблар пароканда холатда
   
21 mar 15:40:00
Dilshod Bozorboyev
Shu gapiga nomaqulni nomini yebti, Arteta toʻgʻri yoʻlda, 4 ta musobaqada gʻoliblik uchun kurashayotgan har qanday jamoa tejamkor taktik fudbol koʻrsatadi. Chunki kuchni toʻgʻri taqsimlash asosiy planga chiqadi. Maurinyo umuman boshqacha murabbiy, Artetaga Maur darajasiga yetishiga hali ancha bor. Karrager shunchaki Arteta qoʻl ostidagi Arsenalni bu mavsumidan huloda qilyapti, oʻtgan mavsumlar sovrin yutmasa ham Arsenal chiroyli, hujumkor oʻyin koʻrsatgan. Bir mavsumni yarmini natija uchun oʻynasa oʻynabtida.
   
21 mar 15:34:55
fff
Arsenal bor eʼtiborini aplni yutishga qaratayapti. Nima boʻlsa ham bu yil yutishi kerak. Azaliy raqib sifatida ular omad tilayman
   
21 mar 15:12:16
Muhammadali Sirojiddinov
Arsenal atletikoga oʻxwaydi kurawadi lekin ohirida natija yoʻq lekin atletiko bazida 10 yilda bir sovrin yutib turadi
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика