Liam Rosenor: "Chelsi" juda oson gollarni o'tkazib yuboryapti"
22 mar 01:32
Yangiliklar
Liam Rosenor: "Chelsi" juda oson gollarni o'tkazib yuboryapti"
"Gollar doimo kuch bergan, biz esa bu kuchni raqiblarga beryapmiz. Yomon gollar. O'yinni asabiy boshladik, to'pni osonlikcha yo'qotdik va keyinchalik o'yinga kirishdik. Bu holatlar biz bilan tez-tez sodir bo'lyapti. Ayniqsa so'nggi haftalarda biz juda oson gollar o'tkazib yuboryapmiz. Tribunadagilarning jahlini o'zimiz chiqaryapmiz.
Bor javobgarlik mening bo'ynimda. Bugun biz boshqacharoq o'ynadik: himoya chizig'ini ortga surdik va 4-4-2 sxemasida o'ynadik. Biroq negadir juda bo'shashib qoldik. Ikkita jarima maydonchasi ichidagi holatlar ikki xil - ular gollar urishdi. Ndiay ijroni qoyilmaqom tarzda amalga oshirdi. Birinchi bo'limda bizda ko'plab vaziyatlar yuzaga keldi.
ECHLdan atigi 1 ochko ortdamiz. Bu klub bilan tanishishda davom etyapman - "Chelsi" juda katta klub, axir. Atrofimda g'ala-g'ovur ko'p, negativ gaplar talaygina. So'nggi 10 o'yinda 17 ochko to'pladik. Ushbu davr mobaynidagi bu 4-eng yaxshi natija. Termalar tanaffusi bizga kerak edi va bu juda vaqtida keldi", - dedi Rosenor.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди
Суперлига. "Нефтчи" захирадан тушганларнинг самарали ҳаракатлари эвазига "Локомотив"дан устун келди
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
Суперлига. Икки гол бекор қилинган ва уч пенальти белгиланган ўйинда "Пахтакор" "Сўғдиёна"ни мағлуб этди
Fikrlar