"Inter" "Real" futbolchisini sotib olmoqchi
21 mar 10:55
Yangiliklar
"Inter" "Real" futbolchisini sotib olmoqchi
"Inter" yangi darvozabon izlamoqda va "Real" darvozaboni Andrey Luninga qiziqish bildirmoqda, deb xabar bermoqda La Gazzetta dello Sport.
Manbaga ko'ra, ukrainalik futbolchining o'tishi milanliklar uchun "Atalanta" darvozaboni Marko Karnezekkini sotib olishdan arzonroqqa tushadi. Shu bilan birga, Luninning maosh talablari "Liverpul" darvozaboni Alison Bekeri va «Aston Villa» posboni Emiliano Martinesiga qaraganda kamroq. "Inter" ularga ham qiziqish bildirmoqda.
Joriy mavsumda Lunin barcha turnirlarda 4 o'yinda maydonga tushdi, shundan bittasida "quruq" o'ynadi. Uning "Real" bilan shartnomasi 2030 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali malumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 15 million evroni tashkil qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди
Fikrlar