Bellingem qachon maydonga qaytadi?
20 mar 11:21
Yangiliklar
Bellingem qachon maydonga qaytadi?
Madridning "Real" jamoasi etakchisi tez orada qaytishi kutilmoqda.
Yarim himoyachi La Liga doirasidagi "Atletiko"ga qarshi o'yingacha qaytishi mumkin. Angliyalik futbolchi fevral boshidan beri o'ynamayapti — u "Rayo Valekano" bilan o'yinda sonining orqa qismidan jarohat olgandi.
Hozirda futbolchi mashg'ulotlarni boshlab yuborgan. U Chempionlar Ligasida doirasidagi "Manchester Siti" (2:1) bilan o'yinda ishtirok etishga shay turgan, biroq murabbiylar shtabi bu borada shoshilmaslikka qaror qilgan.
Ehtimoliy scenariy — Bellingemning 23 martga o'tar kechasi bo'lib o'tadigan Madrid derbisida, yani "Atletiko"ga qarshi o'yinda ishtirok etishi.
"Real" 28 turdan so'ng Ispaniya chempionatida 66 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda. "Atletiko" esa 57 ochko bilan uchinchi o'rinni egallab turibdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди
Fikrlar