PSJ Barkola hech qaerga ketmasligini bildirdi

Sherzod Nurmatov
23 iyun 2025
PSJ vingeri Bredli Barkola yozda "Bavariya"ga o'tmaydi.

Myunxen klubi 22 yoshli futbolchini transfer maqsadlaridan biri sifatida belgilagan, ammo kelishuvga erishish juda qiyin bo'ladi. Insayder Fabricio Romanoning so'zlariga ko'ra, PSJ Barkolni qo'yib yuborishni istamayapti va unga yangi shartnoma taklif qilishga tayyor. Liga 1 grandi fransiyalikni loyiha uchun muhim shaxs deb hisoblaydi.

Transfermarkt ekspertlari Bredli Barkolaning narxini 70 million evroga baholamoqda. Futbolchining PSJ bilan amaldagi bitimi 2028 yilgacha amal qiladi.

Shuningdek, "Bavariya" Bilbaoning "Atletik" klubidan Niko Uilyams va "Milan"dan Rafael Leauga ham qiziqmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Bavarian Football Works