APL klubi Noyerga ko'z tikdi

Sherzod Nurmatov
13 apr 2026
"Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer faoliyatida birinchi marta xorij klubiga o'tishi mumkin.

40 yoshli "Bavariya" sardori hali muddati tugaydigan shartnomasini uzaytirish-uzatirmaslik to'g'risida qaror qabul qilmadi va faxriy futbolchining faoliyatini tugatish haqida rejalari ham noma'lumligicha qolmoqda.

"Futbol de Inglaterra" ma'lumotlariga qaraganda, Angliyaning "Brayton" jamoasi Noyerga jiddiy e'tibor qaratmoqda. Manbaning xabar berishicha, bosh murabbiy Fabian Xyurceler o'zining yulduz vatandoshini jamoasiga qo'shilishini istab, transferni amalga oshirishga harakat qilmoqda.

Manuel Noyer 2011 yildan beri "Bavariya"da o'ynab kelmoqda. Xabarlarga ko'ra, uning kelishuvni uzaytirish bo'yicha muzokaralari shu oyda bo'lib o'tishi kutilmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Futbol de Inglaterra