Superliga. "Paxtakor" o'z maydonida bir kishi kam bo'lib qolgan "Qo'qon-1912"ni mag'lub etdi
22 iyu 22:00
Yangiliklar


Superliga. "Paxtakor" o'z maydonida bir kishi kam bo'lib qolgan "Qo'qon-1912"ni mag'lub etdi
"Paxtakor" – "Qo'qon-1912" 2:0
22.06.2025
Bosh hakam: Rustam Choriev
Yordamchi hakamlar: Aleksandr Sidorov, Sardor Hakimov
Zaxira hakami: Anvar Ismoilov
Nazoratchi: Baxtiyor Tagaev
VAR: Asker Najafaliev
AVAR: Roziyabonu Yusupova
Komissar: Oybek Davletmurodov
Gollar: 1:0 – 17, Diyor Xolmatov, 2:0 – 90+5, Brayan Riaskos (Doston Hamdamov)
"Paxtakor": 12.Vladimir Nazarov, 4.Abdulla Abdullaev, 7.Hojiakbar Alijonov, 8.Diyor Xolmatov, 11.Igor Sergeev (99.Ulug'bek Hoshimov, 84), 23.Abdurauf Bo'riev, 27.Sardor Sobirxo'jaev (9.Ibrohim Ibragimov, 84), 30.Otabek Jo'raqo'ziev (17.Doston Hamdamov, 46), 50.Flamarion Jovino (94.Brayan Riaskos, 73), 55.Muhammadqodir Abdumajidov (22.Umar Adhamzoda, 90), 77.Dilshod Saitov
Zaxira: 1.Nikita Shevchenko, 5.Muhammadqodir Hamraliev, 15.Diyor Ortiqboev, 20.Dilshod Abdullaev
"Qo'qon-1912": 13.Aziz Isoqov, 5.Jasur Yoqubov, 7.Shota Gvazava, 8.Baxtiyor Qosimov, 9.Javohir Husanov (33.Ayubxon Muxtorov, 83), 14.Jasur Xolto'raev (11.Shahzod Beshimov, 67), 15.Zafar Hakimov, 18.Bahrom Abdurahimov (6.Alisher Salimov, 54), 19.Shahzod Akramov (69.Egor Kondratiuk, 67), 20.Iqbol Malikjonov, 22.Muhammadanas Hasanov (2.Mirziyod Mirodilov, 83)
Zaxira: 1.Rustam Nortojiev, 10.Husniddin G'ofurov, 17.Alisher Xayrullaev, 30.Ibrohim Muxtorov
Ogohlantirishlar: Abdulla Abdullaev (55), Baxtiyor Qosimov (60), Shahzod Beshimov (82), Brayan Riaskos (90+2)
Chetlatish: Shahzod Beshimov (85, ikkinchi sariq kartochka)
MATNLI TRANSLYACIYA
O'yin yakunlandi.
90+5. Riaskos Hamdamovning o'ng qanotdan uzatgan to'pini to'xtatmasdan raqib darvozasiga joylab qo'ydi!
90+2. Riaskos raqib futbolchisining yuziga urib yuborgani uchun ogohlantirildi.
90. Ikkinchi bo'limga 7 daqiqa qo'shib berildi.
85. Beshimovga qo'pol o'yin uchun ikkinchi sariq kartochka ko'rsatilib, maydondan chetlatildi.
84. "Paxtakor" tarkibida ikki o'zgarish amalga oshirildi.
83. "Qo'qon-1912" tarkibida ikki o'zgarish amalga oshirildi.
81. Riaskosning aylanma zarbasiga aniqlik etishmadi.
79. Sergeevning zarbasiga aniqlik etishmadi.
78. Abdumajidov himoyada xavfli harakat qildi, ammo unga nisbatan qoidabuzarlik sodir etildi.
73. "Paxtakor"da o'zgarish sodir etildi.
71. Sergeevning bosh bilan yo'llagan zarbasini Isoqov egallab oldi.
69. "Paxtakor" raqib jarima maydoni yaqinida jarima zarbasi tepish huquqiga ega bo'ldi. Alijonovning uzatmasi Abdumajidovning noaniq zarbasi bilan yakunlandi. Qarshi hujumda esa Hasanovga biroz omad etishmadi.
67. "Qo'qon-1912"da ikki o'zgarish amalga oshirildi.
63. Hamdamov raqib jarima maydoni ichida yaqin masofadan aniq zarba yo'llay olmadi.
60. Hakamga etiroz bildirgan Qosimov ogohlantirildi.
56. Xolto'raevga tibbiy yordam ko'rsatildi.
55. Abdullaev qo'pollik uchun ogohlantirildi.
54. Xavfli vaziyat! "Paxtakor"ning ikki zarbasidan birini darvozabon, ikkinchisini darvoza ustuni qaytardi.
49. Xolmatovning uzatmasini Hamdamov bosh bilan raqib darvozasiga to'g'rilab qo'yishga harakat qildi, ammo Isoqov hushyorlikni yo'qotmadi.
47. Sergeev o'ng qanotdan uzatmani yaqin masofadan raqib darvozasiga aniq yo'llay olmadi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
Ikkinchi bo'lim boshlanishi kechikmoqda, sababi darvozalardan birining to'riga ishlov berildi. "Paxtakor"da bir o'zgarish bo'ldi.
Taym yakunlandi.
45+2. Hasanovning jarima uzatmasini Nazarov urib yubordi. Keyingi hujumda Yoqubovning bosh bilan yo'llagan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.
45+1. Alijonovning raqib jarima maydonida chap oyoqda tepgan to'pini Isoqov ushlab oldi.
45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.
43. Xolmatovning raqib jarima maydonidan yo'llagan zarbasi himoyachiga tegib qaytdi.
40. Xavfli vaziyat! Sergeevning raqib jarima maydonidan yo'llagan zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi.
37. Jo'raqo'ziev raqib jarima maydonida birga-bir vaziyatga chiqib bordi, ammo uning zarbasini yana Isoqov qaytardi.
30. Hasanov o'tkir burchakda "Paxtakor" darvozaboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib borib, zarba yo'lladi, ammo urinish muvaffaqiyatli chiqmadi.
29. Flamarion o'ng qanotdan uzatilgan to'pga bosh bilan zarba yo'lladi, Isoqov ishonchli harakat qildi.
26. "Paxtakor" yana bir jarima zarbasi tepish huquqiga ega bo'ldi. Flamarionning uzatmasini raqib himoyachisi qaytardi.
Futbolchilar suv ichib olishlari uchun kichik tanaffus elon qilindi.
22. Alijonov tomonidan yo'llangan jarima zarbasini Isoqov qaytardi.
21. "Paxtakor" raqib jarima maydoni yaqinida jarima zarbasi ishlab oldi.
17. GOL! O'ng qanotdan boshlangan hujumi raqib jarima maydoni markaziga ko'chdi va himoyachilardan qaytgan to'pni Diyor Xolmatov uzoq pastki burchakka aniq yo'naltirdi!
17. O'ng qanotda ajoyib dribling namoyish etib, raqiblaridan qochib ketayotgan Alijonov qo'pollik bilan to'xtatildi.
14. Xolto'raev o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.
11. "Qo'qon"ning burchak uzatmasidan qaytgan to'pga Akramov noaniq zarba yo'lladi.
10. Zarba! Flamarion tomonidan yo'llangan zarbani Isoqov qaytardi.
8. Burchak uzatmasidan so'ng Jo'raqo'zievning jarima maydoni ichidan yo'llagan zarbasi darvoza yuqorisidan o'tib ketdi.
7. Flamarion o'ng qanotdan kirib bordi va bir raqibni aldab o'tib, markazga pas berdi, ammo himoyachi to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
5. Abdullaev to'p uchun kurashda Xolto'raev bilan to'qnashib ketdi, unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.
4. Xavfli vaziyat! Flamarioning uzatmasidan so'ng Sergeev bosh bilan zarba yo'lladi, Isoqov o'z mahoratini namoyish etdi.
2. Sobirxo'jaev raqib jarima maydonida mehmonlar himoyachisi bilan to'qnashib ketdi, hakam burchak zarbasi belgiladi.
1. O'yinni mehmonlar boshlandi.
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "Paxtakor" to'q binafsharang, "Qo'qon-1912" oq rangli liboslarda harakat qiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar