

Albatta, muhim g'alaba qozondik deb o'ylayman, chunki "Neftchi" kuchli jamoa va albatta o'ylaymanki, kelgan muxlislarni xursand qila oldik va ularga ham kattakon rahmat. Juda ajoyib o'yin bo'ldi, o'zi ajoyib atmosfera bo'ldi. Shuning uchun barcha ishqibozlarni, butun jamoani g'alaba bilan tabriklayman, birinchi o'rinda. Albatta, "Neftchi" muxlislari ham kelibdi. Ular ham yaxshi. Bugun ikkita muxlislar yaxshi qo'shilib, yaxshi atmosfera yaratdi. Ularda ham ajoyib muxlislari bor. Shuning uchun futbol muxlislari uchun o'ylaymanki, yaxshi o'yinga guvoh bo'lishdi. Ikkala jamoa ham yaxshi o'yin ko'rsatdi. Albatta, Xudoga shukur, g'alaba qozondik. Albatta, qaysidir o'sha "udalenie" epizodi ham bizga avval-bosh berdi va Xudoga shukur, g'alaba qozondik.
Mana birinchi to'pni o'tkazib yubordik, qandaydir biroz xavotirlik bo'ldi. Ikkinchi golni ham o'tkazib yubordik. Sizning fikringiz bo'yicha sabab nima bo'ldi shunga? Mana yutib turgan paytda ikkita gol o'tkazib yubordik. Bu qandaydir koncentraciyani yo'qotishmi yoki ruhiy faktor bo'ldimi?
Siz aytganingizdek, ikkita golni qo'yib yubormadik. Ular boshida birinchi golni urdi. Birinchidan, yarim himoyachilarimiz, Jamshid o'sha pas berishga yaratib berishdi, paslarni yaxshi beradi. Himoyachilar koncentraciyani yo'qotdi, chunki Alisher Odilov o'sha yerda u beradigan paslar bo'lishi kerak edi. Lekin bo'lib turadi futbolda, xatosiz gol bo'lmaydi. Shuning uchun shunaqa, qiyin vaziyatga tushdik. Umuman olganda yomon o'ynamayotgan edik, lekin bitta vaziyat golga aylandi. Lekin ishonch bor edi. Hisob 3:1 ligida albatta qayerdadir imkoniyatni, o'sha yerda koncentraciya qayerdadir, balki bolalar ozgina bo'shashgandek bo'ldi. Chunki baribir "Neftchi" ham kamchilikda, ham to'p nazorati bizda bo'lgani uchun, bitta epizodda jazoladi. Bo'lib turadi, gaplashamiz. Balki 3:1 bo'lib turgan vaqtda ozgina bolalarda xotirjamlik bo'lgan bo'lishi mumkin. O'sha epizodda, lekin o'ylaymanki, 3:1 ligida ham yaxshi imkoniyatlarimiz bo'ldi, bir nechta vaziyatga ega bo'ldik. Eng asosiysi g'alaba qozondik, albatta xatolar ustida ishlaymiz, ko'rib chiqamiz. Endi oldimizda keyingi uchrashuv turibdi. Shunga tayyorgarlik ko'rishimiz kerak. U ham muhim uchrashuv turibdi. O'zi bu o'yinga ham tayyorgarlik jarayoni biz xohlagandek bo'lmadi, chunki bilasizlar milliy terma jamoada o'yinchilarimiz faqat kecha keldi. Endi baribir yo'ldan kelishdi, kimdir o'ynadi, kimdir o'ynamadi. O'ziga yarasha baribir plyus-minuslar bormi, lekin o'ylaymanki, har bir futbolchim maydonda ham, zaxiradan chiqqani ham, asosiy tarkibdagilar ham yaxshi harakat qilishdi.
Yil davomida "Navbahor" jamoasini shakllantirdingiz. Yil davomida Superligamizdagi barcha jamoalar bilan har xil holatda o'ynab ko'rdingiz. Nima deb o'ylaysiz, "Neftchi" bu yil agar chempion bo'ladigan bo'lsa, joriy mavsumdagi eng kuchli klubmi O'zbekistondagi?
Endi albatta tarkib tarafdan ham, o'yin tarafdan ham ayniqsa birinchi davrani yaxshi o'tkazishdi. Shuning uchun birinchi o'rinda turibdi, o'ylaymanki, haqli. To'g'ri, balki qaysidir o'yinlarda yutqazgan o'yinlari ham bor. Agar balki biz birinchi davrada yaxshi o'ynaganimizda, balki hozir boshqa vaziyat bo'lishi mumkin edi. Birinchi navbatda bilasizlar, viloyat hokimi qanchalik "Neftchi"ga e'tibor qaratadi va bu jamoa shu darajaga yetishiga ham asosiy sababchilardan. Shuningdek, Farg'ona futboli oxirgi ikki-uch-to'rt yilda ancha o'sdi desa bo'ladi. Jamoa har tomonlama rivojlandi, chunki rahbar futbolni yaxshi ko'radi va sportni rivojlantirish uchun mana shuncha ish qilyapti. Albatta. Shuning uchun "Neftchi" endi birinchi o'rinda turgani uchun, albatta, yaxshi jamoaligini bundan ham bemalol aytsa bo'ladi. Biz albatta o'zimizga yarasha birinchi davrada yo'qotishlar ko'p bo'ldi. Sabablari ham bor, bilamiz. Birinchidan yangi jamoa, ikkinchidan uyda o'ynamadik, ko'p faktorlar baribir o'sha olayotgan, yo'qotgan ochkolarimizda baribir sababchi bo'lgan, hozir balki boshqa vaziyatda bo'lishimiz mumkin edi. Lekin ish olib borildi. Albatta qiyin vaziyatlar bo'ldi, lekin unga qaramasdan ishonch bor edi. Albatta bir-birini o'sha tarkibni shakllantirishda, o'yinni shakllantirishda va albatta muxlislarimiz ham, viloyatimiz hokimi Shavkat Shakirjanovich ham bizni har doim qo'llab-quvvatladi. Xudoga shukurki, mana shunaqa g'alaba bilan biz shuncha ming-minglab muxlislarni xursand qilyapmiz. Buning uchun harakat qilsa bo'ladi-da. Bu motivaciya beradigan narsa. Shuning uchun biz albatta o'ylaymanki, o'yindan o'yinga kuchayib bordik. Har birimiz o'sdik. Biz ham, murabbiylar shtabimiz ham har taraflama o'sdik va futbolchilarimiz ham bitta jamoaga aylandik. Bu eng asosiysi va albatta "Neftchi" bilasizlar necha yillardan beri shunga harakat qildi va o'tgan yili chempion bo'ldi. Bu yil ham yaqinlashdi. Shuning uchun qaraymiz, futbol, biz oxirigacha kurashamiz.
Timur aka, savolim biroz qo'polroq tuyulishi mumkin. Mana shu derbi oldidan futbol jamoatchiligida juda ko'pchilikda muhokama bo'lgandi, yani "Navbahor" bugun qo'shnichilik, yaxshi qo'shnichilik qiladi, yani derbida "Neftchi"ga o'yinni beradi va "Neftchi" chempionlikka hissa qo'shadi" degan gap-so'zlar yurgandi. Balki siz ham eshitgandirsiz buni, shunga munosabatingiz.

Endi albatta bir-birimizni hurmat qilamiz, chunki Farg'ona o'zi menga ham begona emas. O'ylaymanki balki oldin muxlislar orasida qanaqadir negativlar ko'p bo'lgandi. Albatta maydonda biz raqibmiz, lekin maydon tashqarisida biz do'stmiz, bitta xalqmiz, bitta O'zbekistonning farzandimiz. Shuning uchun hamma emociyalarni, hamma fanatizmni faqat o'sha o'yin paytida o'zining jamoasiga berish kerak. Qolgan payti o'ylaymanki, chunki vodiyda o'zi Andijon muxlislari ham yaxshi muxlislar, hammamiz baribir bir-birimizga munosabatlarimiz yaxshi bo'lishi kerak. Ha, o'yin paytida albatta hamma o'zining jamoasini qo'llab-quvvatlash uchun qanaqadir o'sha performanslar qilishi mumkin, boshqa qilishi mumkin, lekin bugun ham ko'rgan bo'lsak, bizning muxlislar ham ularni qo'llab-quvvatladi, boshqa paytlar "Neftchi" muxlislari bizni qo'llab-quvvatladi. Bu zo'r narsa. Shuning uchun o'ylaymanki, bu albatta maydonda o'sha futbolga aloqasi yo'q, chunki o'sha aytganimizdek bu atrofdagi narsalar, lekin maydonda unaqa, futbol paytida unaqa narsa yo'q. Biz raqibmiz va har birimiz o'zimizning burchimiz bor, o'zimizning jamoamiz oldida, muxlislarimiz oldida faqat mehnat orqali borimizni berishga harakat qilamiz.
Timur aka, bizdagi ma'lumot agar to'g'ri bo'lsa, "Navbahor" bilan shartnomangiz shu yil oxirida tugaydi va sizda bir nechta takliflar hozirning o'zida bor: terma jamoalar, turli klublar, xorijdan... "Navbahor" tomoni yangi shartnoma masalasida suhbatni boshladimi yoki hali boshlamadilarmi? O'zi rejalaringiz qanaqa?
Yo'q, albatta rejalar, o'sha aytganingizdek, takliflar bor-bo'lsin, o'ylaymanki biz Shavkat Shakirjanovich bilan, viloyat hokimi bilan kelishdik, gaplashdik. Nasib bo'lsa, balki keyingi yil ham shu yerda "Navbahor" jamoasida albatta jamoa uchun mehnat qilaman.
Demak, kelishilgan, kelishasizlar?
Biz umuman olganda, yil davomida ancha yaqinlashdik, qaradik, kuzatdik, albatta, har taraflama bizni qo'llab-quvvatladi. Albatta yaxshi variantlar ham bor, lekin mana tushunib turibman, shuncha xalq, shuncha muxlislar mana shu yerda, ularni ham o'zi aslida mening orzu-havaslarimdan ham o'sha muxlislarni xursand qilish uchun keldim, chunki ancha yildan beri "Navbahor" jamoasi taklif bilan chiqdi va albatta muxlislarni bilgan holda ularni oz bo'lsa ham mayli, agar xursand qila olsam, juda shunga harakat qildim va keldim. Va Xudoga shukur, shuncha muxlis kelib, stadion deyarli to'lyapti har bir o'yinda, yaxshi qo'llash bo'lyapti. Shuning uchun ularning issiqligini, ularni ko'rganimdan keyin albatta yaqinlik yana ham yaqinlashdik. Shuning uchun o'sha aytganimdek, kelishuvimiz bor, nasib bo'lsa, agar qoladigan bo'lsam, "Navbahor"da qolaman.
Shu hozirgi tarkib saqlab qolinadimi va saqlab qolinsa, yani kimlarni-kimlarni olib kelish reja qilingan? Shu to'g'risida bir munosabatingizni bildirsangiz.
Yo'q, albatta harakat qilamiz, bizga kerak bo'lsa, qoldirishga harakat qilamiz. Endi har xil sabablar bo'lishi mumkin. Ammo albatta boshqa yangi bir transferlar ham bo'lishi mumkin, chunki kuzatyapmiz, qarayapmiz. Albatta bu mavsum biz uchun ham katta maktab bo'ldi. Ko'rdik, tahlil qildik. Albatta keyingi mavsumga yana ham yaxshiroq, yana ham dadilroq yondashamiz nasib bo'lsa.
Bugungi o'yin atrofidan biroz chiqib kyetib qoldik, shu fursatdan foydalanib mening bitta savolim bor edi. Sizning murabbiyligingizda "Navbahor"dagi o'sha ko'p yillik noxush ananalar buzilmoqda, yani o'sha "Paxtakor"ni safarda 30 yil deganda yutilganligi yoki o'sha principial raqiblarni mavsum davomida go'yoki o'yinlarda mag'lub etildi yoki bitta durang, bitta g'alaba bo'ldi-da, mag'lubiyatga uchramadim. Bizda shunday yaqin o'tmishda shunday bir voqea bo'lgan, ikki yil davomida markaziy o'yingohda mag'lubiyatga uchramagan, Ilhom Mo'minjonov davrida bo'lgan voqea. Nima deb o'ylaysiz, Timur Kapadze boshqaruvida ana shu ananalarni ham yangilash, ana shu tarixni ham yangilashga harakatda bo'lib ko'ramizmi yoki siz vaqti kelganmikin?
To'g'risini aytsam, u narsalardan hatto xabardor emas edim. O'sha "Paxtakor"ni yutgandan keyin, o'sha o'yindan keyin bu tarixiy yutuq bo'ldi deyishdi. Biz tarixga qaramaymiz. Albatta tarix yaxshi narsa, tayyorgarlik ko'rayotganimizda. Endi buning orqasida mehnat bor. Nafaqat mening yoki bugun murabbiylar shtabim, bolalarda, rahbariyatda, har taraflama. Albatta muxlislarimizni qo'llab-quvvatlashida, chunki ular bizga yaxshi dalda bo'lyapti, yaxshi kuch beryapti. Shuning uchun bu har bir g'alabada hammamizning hissamiz bor. Buni bemalol aytsam bo'ladi, chunki albatta kimdadir ko'proq, kimdadir kamroq, lekin biz birlashib mana shunday kuchga aylanganmiz. Nasib bo'lsa oxirigacha muxlislar bilan birgalikda mana shunday bitta kuch bo'lib, bitta oila bo'lib harakat qilsak, albatta o'sha aytganingizdek har bir tarix, u tarix uni yangilash uchun yaratiladi. Shuning uchun nasib qilsin tarixga kirish yoki o'sha bu narsani albatta qoldirish, esdalik uchun nasib bo'lsa albatta harakat qilamiz, o'sha kubok bo'lsa yoki chempionlik bo'lsa. Bu narsa albatta tarixiy natijalar, tarixda qoladigan narsalar. Nasib qilsin inshoolloh hammamizga.



