Eron 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok eta olmasligi mumkin
23 iyu 18:53
Yangiliklar


Eron 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok eta olmasligi mumkin
Forslar saralash bosqichida O'zbekiston va BAA jamoalarini ortda qoldirib, "A" guruhida g'olib bo'ldi va shu tarzda 2026 yil AQSH, Kanada va Meksikada o'tkaziladigan jahon chempionatiga yo'llanma qo'lga kiritdi.
Biroq bir qator Britaniya va Amerika ommaviy axborot vositalari xabar berishicha, AQSH prezidenti Donald Trampning aralashuvi vaziyatni o'zgartirdi. U eronliklarning Qo'shma Shtatlarga kirishini taqiqlovchi qonunni imzolagani bois Eronning turnirda qatnashishi murakkablashdi.
FIFA hozircha rasmiy bayonot bermagan, ammo Janni Infantinoga qaror qabul qilish bo'yicha bosim kuchaymoqda. Eronning guruh bosqichidagi barcha o'yinlarini Meksikada o'tkazish bo'yicha taklif berilgan, biroq Eron keyingi bosqichga chiqsa, bu variantni amalga oshirish qiyin bo'ladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Эронга ҳукуматини ва халқини журатига, тан бериш керак.
Россияга санкция қилиндику Украинага бостириб кирганлиги учун. Нимага бунақа нохақлик бўлмоқда.