Enco Mareska: "Jarohatlarning ko'pligi bejizga emas"
31 avg 17:44
Yangiliklar
Enco Mareska: "Jarohatlarning ko'pligi bejizga emas"
"Chelsi" bosh murabbiyi Enco Mareska o'yinlar sonining ko'pligi jarohatlarning ortayotganini aytib o'tdi.
"Jarohatlarning ko'payib ketgani bejizga emas. O'tgan mavsumda Livay Koluill, Koul Palmer va Moyses Kaysedo barchadan ko'ra ko'proq o'ynadi.
Livay ham jarohat olldi, Koul ham, Moyses esa "Vest Xem"ga (5:1) qarshi o'yindan keyin ilk marta shug'ullandi. Mavsum shunday boshlandi.
Bu shunchaki tasodif emas, gap o'yinlar sonida. "Manchester Siti"ning o'tgan mavsumdagi o'yinlar soniga qarang. Ular ikki yoki uchinchi o'yindan keyin Rodridan ayrildi. Undan oldingi mavsumda Rodri barchadan ko'proq o'ynagandi.
Menimcha bizda ham shunday muammolar bo'lsa kerak. Biz endi vaziyatga moslashishimiz va futbolchilarni tezroq tiklashga ulgurishimiz kerak", - dedi Mareska.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Fikrlar