"Xorvatiya JCHdan chiqib ketishga loyiq emasdi". Dalich mag'lubiyat haqida

3 iyul 2026, 08:25
Xorvatiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zlatko Dalich JCH-2026 1/16 finalida Portugaliya jamoasidan qabul qilingan mag'lubiyatga (1:2) izoh berdi.

"Ayniqsa ikkinchi bo'limda yaxshiroq o'ynadik. Ko'plab vaziyatlar yaratdik, ustunlik qildik, biroq ikkita gol o'tkazib yubordik.

His-tuyg'ular junbushga kelmoqda. Noliydigan joyim yo'q – yigitlar kurashishdi, harakat qilishdi, ammo...

Bizda ikkinchi golni urish uchun ko'plab yaxshi imkoniyatlar bo'lgandi. Hozir buni hazm qilish qiyin. Biz jahon chempionatidan chiqib ketishga loyiq emasdik, Portugaliya bilan tengma-teng o'yin ko'rsatdik", – dedi Zlatko Dalich.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia