Modrich Messi haqida: "Uning o'yinini tomosha qilish zavq bag'ishlardi"

Aslanov Jasurbek
7 okt 2026, 17:32
Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrich Lionel Messining milliy jamoadagi faoliyatini yakunlagani borasida fikr bildirdi.

Argentina terma jamoasining 39 yoshli hujumchisi Beninga qarshi bahsda (3:0) xayrlashuv o'yinini o'tkazdi.

- Messi haqida nima ham deya olardim? Uning ketayotgani achinarli, ammo bu uning qarori va biz buni hurmat qilishimiz kerak. U o'zi xohlaganidek jahon chempionatida g'alaba qozondi va u dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri.

Unga qarshi o'ynash zavq bag'ishlardi, garchi Xorvatiya va "Real"da uning dastidan aziyat chekishimga to'g'ri kelgan bo'lsa ham. Uning o'yinini kuzatish haqiqiy zavq edi. U betakror futbolchi va men unga omad tilayman, - dedi "Milan"ning 41 yoshli futbolchisi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: вала: Полина Антохина Источник: Cadena SER