Rasman. Enco Mareska - "Manchester Siti" bosh murabbiyi

29 iyun 2026, 18:05
"Chelsi" sobiq bosh murabbiyi Enco Mareska rasman "Manchester Siti" bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Bu haqida "shaharliklar" matbuot xizmati ma'lum qildi.

Shartnoma muddati va murabbiyning maoshi haqida ma'lumot berilmagan.

Mareskaning so'nggi ish joyi "Chelsi" bo'lib, u 2024 yil iyulidan 2026 yil yanvarigacha jamoani boshqargan. Uning rahbarligida londonliklar Liga konferenciyasi va Klublar o'rtasidagi jahon chempionatini yutishgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: https://www.instagram.com/mancity/